"So'g'diyona" "Bunyodkor" legionerini tarkibga qo'shib oldi

Оқил Абдубарноев
4 yanv 2024
Avvalroq jizzaxliklar ikki himoyachi bilan shartnoma imzolagani to'g'risida xabar bergandik.

O'tgan mavsum Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi sharafini himoya qilgan tayanch yarim himoyachisi Aleksey Nosko "So'g'diyona" bilan shartnoma imzoladi.

27 yoshli belaruslik futbolchi Transfermarkt tomonidan 400 ming evroga baholangan.

Avvalroq Islom Qobilov va Sardor Qulmatov jizzaxliklar safiga qo'shilgani to'g'risida xabar berilgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Сўғдиёна" матбуот хизмати