

Bugungi yig'ilishda "Andijon" 100 foiz oliy ligada ishtirok etishi ma'lum qilindi. Demak, "Andijon" birinchi ligada 3 va 4-o'rinlarni qo'lga kiritgan jamoalarga qarshi bahs olib bormaydi. Bu "So'g'diyona"ning ham 100% oliy ligada ishtirok etishini bildiradi. Boisi, jizzaxliklar chempionatni "Andijon"dan bir pog'ona yuqorida yakuniga etkazgan edilar.



