"So'g'diyona" legioneri og'ir jarohat tufayli jamoadan ketdi

Sherzod Nurmatov
21 feb 2025
"So'g'diyona" futbol klubi rasmiy ravishda Jon Junior Igbaruma bilan xayrlashdi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan "So'g'diyona" nigeriyalik legioner Jon Junior Igbarumani safiga qo'shgan edi. Futbolchi qishki yig'in davomida Dubayda bo'lib o'tgan uchrashuvlardan birida jiddiy jarohat oldi. Jamoamiz shifokorlari tashxisiga ko'ra, jarohatni tiklash uchun 7 oy vaqt talab etiladi. Tiklanish jarayoni murakkab bo'lgani sababli, klub va futbolchi o'zaro kelishib, shartnomani bekor qilishdi va do'stona xayrlashishdi", – deyiladi xabarda.

"So'g'diyona"ning yangi legioneri: "Oldimda ikki tanlov bor edi: yo hozir, yo hech qachon. Klubga pul uchun kelmadim"


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: "Сўғдиёна" матбуот хизмати

Izohlar

Bek
21 feb
Соглом об келиб инвалид киб жунатвориш нечпул буватти????
I Love you .....
21 feb
Yaxshilab savalab chirigan qurtlagan olmalardan 1 qop bervoringlar
Mahmud Ttww
21 feb
Сўғдиёнанинг селекцияси зўр эмас, таркибни хужум чизиғи ва ҳимояни кучайтириш керак, мавсум олди ўйинларида кўп гол ўтказиб юбормоқда. Ш. Абдураҳмонов ҳам кўринмайди.
Azizbek Muminov
21 feb
Сугдиёна жамоаси билан машгулотларда юз бердими буни кулиб уз зиммасига олиши керак аслида
TEMUR
21 feb
Uxxx yahshiyam Doriyev emas ekan