"So'g'diyona" nazorat bahsida Qozog'iston jamoasini tor-mor etdi

Sherzod Nurmatov
17 feb 2025
"So'g'diyona" bugun Turkiyada navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Antaliya yig'ini doirasidagi navbatdagi raqib Qozog'istonning "Qaysar" klubi bo'ldi. Unda jizzaxliklar raqibni 6:0 hisobida mag'lub etdi. 

"So'g'diyona" – "Qaysar" (Qozog'iston) 6:0

Gollar: Suhrob Izzatov 38, Sardor Hoshimov 58, Lyupcho Doriev 63, Sahob Rashidov 60, 73, Fazliddin Omonkeldiev 83'

"So'g'diyona": Milan Mitrovich, Zoir Jo'raboev, Otabek Ahadov, Islom Qobilov, Xondamir Mustafoqulov, Ehsoni Panshanbe, Suhrob Izzatov, Nodir Soyibov, Lyupcho Doriev, Javohir Qahramonov, Sardor Hoshimov.

Avvalroq Tojikiston jamoasi "So'g'diyona" sobiq futbolchisi bilan shartnoma tuzganini elon qilgan edi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: "Сўғдиёна" матбуот хизмати

Izohlar

Futbol Uchun
17 feb
Ўзбекистон жамоаларида ўсиш бор Қозоғистон жамоаларини ютяпмиз,Россия жамоалари билан деярли тенг курашлар бўляпти.Суперлигага эътибор майдон холатлари трансляциялар яхшиланиб бормоқда .
Obidjon
17 feb
Sugʻdiyona bu yil jiddiy tayyorgarlik koʻrmoqda chempionatga.
BXZ BXZ
17 feb
Хитойдаги ёшлар чемпионатидаги майдон чимлари канаканги чиройли яхши бизда хам шунака чимли майдонлар бу́лса футболимиз ривожига анча таъсири бу́ларди .