

Jizzaxning "So'g'diyona" klubi "Bunyodkor" futbolchilari Suhrob Izzatov va Umid Sultonovni jamoaga qo'shib olganini rasman e'lon qildi.
Ma'lumot uchun, Izzatov birinchi davrada "Bunyodkor" klubi safida Superligada 12 marta maydonga tushgan. Sultonov esa Superligada besh marta maydonga tushishga ulgurgan.





