"So'g'diyona" Tojikiston chempioniga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi

Aslanov Jasurbek
21 jul 2021
Jizzaxning "So'g'diyona" klubi Tojikistonning amaldagi chempioni "Istiqlol" klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Keskin va murosasiz kechgan uchrashuvda "So'g'diyona" futbolchilari 2:0 hisobida zafar quchdi. O'yindagi har ikkala golga jizzaxliklar hujumchisi Shoxruz Norxonov mualliflik qildi.

So'g'diyona: Milan Mitrovich, Luka Chermel, Shahboz Jo'rabekov, Iskandar Shoyqulov, Jasur Hasanov, Shohruz Norxonov, Sardor Qulmatov, Daniel Nasriddinov, Javohir Qaxramonov, Arslanmirat Amanov, Marko Kolakovich.

Zaxiradan tushganlar: Shirinboy Abdullaev, Bahodir Nasimov, Sahob Rashidov, Jamshid Boltaboev, Nodir Qo'yboqov, Ergash Ismoilov, Asil Begimqulov, Jasur Hakimov.

Istiqlol: 99. Muxriddin Xasanov, 55. Manuchexr Safarov, 21. Aleksey Larin, 19. Axtam Nazarov, 4. Vaxdat Xanonov, 5. Aleksandr Kucherenko, 20. Amirbek Jo'raboev, 84. Islom Zoirov, 10. Alisher Jalilov (s), 8. Shervoni Mabatshoev, 27. Vadim Yavorskiy.

Eslatib o'tamiz, "Istiqlol" bundan avval Bekobodning "Metallurg" klubini nazorat bahsida 1:0 hisobida mag'lub etgandi.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

I.Raxmanov
21 jul 2021
O'zbekistonning istalgan jamoasi yutadi bularni. Pro ligadagi jamoalarning ayrimlari ham yutadi
Otaxon
22 jul 2021
Demak NASAF ISTIQLOLDAN ANCHA KUCHLI EKAN.Sugdiyonani Nasaf yutgandi,bir antinasafchiga atvetda.sugdiyona galaba muborak.metalchilarga sabr
Албарс
22 jul 2021
Баракалла Улуғбек Бақоев "Суғдиёна"ни жуда яхши тайёрлабди , ўйинга!
XorazmUz
22 jul 2021
ey shu o‘ynlarni telda zapis qilib bo‘lsa ham ko‘rsatinglar
Kimsasiz Yaşar
22 jul 2021
BECHORA NASAFNI har tomondan siqib chiqardilar na o'yinchi ola oladi na yaxshiroq o'rtoqlik o'yini qilish uchun pul topa oladi Sochilar Jizzaxga poytaxdga Voxadagilar yetim