"Yangi mavsumga qizg'in tayyorgarlik ko'rayotgan jamoamiz tarkibini tajribali futbolchilar evaziga kuchaytirishda davom etmoqda. "So'g'diyona" bosniyalik markaziy himoyachi Isich Tarik bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Isich Tarik 1994 yil 8 oktyabr kuni tavallud topgan.
Futbolchi shu kungacha o'z mamlakatining "Turbina", "Radnik", "Kaplina", "Olimpik", "Chelik Zenicha", Malayziyaning "Perak", Albaniyaning "Kukesi" jamoalarida to'p tepgan", - deyiladi "So'g'diyona" klubi xabarida.
Oldinroq, saytimiz orqali jizzahliklar safiga markaziy himoyachi Tarik Isich va hujumchi Jenan Zajmovich kelib qo'shilganini malum qilgandik.
Izohlar