Spalettining "Yuventus"dagi kelajagi ma'lum

Khoja
14 mar 2026
Turin "Yuventus"ining bosh murabbiyi Luchano Spalletti klub bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi.

Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.  

Manba ma'lumotlariga ko'ra, tomonlar shartlarning asosiy qismini kelishib bo'lgan va hozirda so'nggi detallarni muhokama qilmoqda.  

"Yuventus" rahbariyati Spalletti bilan yangi shartnoma masalasini milliy terma jamoalar o'yinlari uchun mart oyidagi pauza vaqtida hal qilishni rejalashtirmoqda.  

Spalletti "Yuventus"ni o'tgan yilning kuzidan beri boshqarib kelmoqda. Uning rahbarligida turinliklar 28 ta o'yin o'tkazib, 15 ta g'alaba qozongan, 6 ta mag'lubiyatga uchragan va 7 marta durang qayd etgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com