“Spartak” PSV xavbekini o'z safiga qo'shib oladi

Eldor Akmurzayev
9 yanv 2021
PSV yarim himoyachisi Yorrit Xendriks faoliyatini RPLda davom ettiradi.

U “Spartak” bilan ko'p yillik shartnoma imzolaydi va bu 11 yanvarga qadar amalga oshishi kutilmoqda. Xendriks PSVning Niderlandiya chempionati 15-turi doirasida "Ayaks"ga qarshi o'yin uchun e'lon qilgan qaydnomasidan joy olmadi.

Yorrit Xendriks – PSV tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 25 yoshli futbolchining jamoa bilan amaldagi kelishuvi joriy mavsum yakunigacha tuzilgan. U 2020/21 yilgi mavsum klub libosida 16 o'yinda maydonga tushib, birorta ham samarali natija ko'rsatolmadi. Transfermarkt esa Xendriksning narxini 4 mln evroga baholamoqda

Yorrit 2016 yil Niderlandiya TJ debyut qilgan va shundan buyon terma safida boshqa maydonga tushmagan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Voetbal International