Srechko Katanec: "Ertaga maydonga tushadigan futbolchilar o'zini ko'rsatish vaqti keldi" (matbuot anjumani)

Sherzod Nurmatov
18 nov 2024
O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec va terma etakchilaridan biri Jaloliddin Masharipov KXDRga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.

"Aytish mumkinki, birinchi uchrashuvdan so'ng bizda tayyorgarlik uchun etarlicha vaqt bo'ldi. 4 kun ichida futbolchilarning barchasi tayyorgarlikni davom ettirishdi. Faqat maydon masalasida muammoga uchradik, maydon holati yaxshi emasdi. Shunga qaramay, ertaga bizni muhim bahs kutib turibdi. Biz ijobiy natija uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni amalga oshiramiz.

Saralash doirasidagi barcha 10 ta uchrashuvni yo'qotishlarsiz o'tkazishning iloji yo'q. Ertaga maydonga tushadigan futbolchilar o'zini ko'rsatish vaqti keldi deb o'ylayman. Ular bu imkoniyatdan unumli foydalanishlari kerak", – dedi Katanec.

"Murabbiy aytganidek, hammamiz o'zimizga kelib oldik. Navbatdagi uchrashuvga tayyormiz. Maydon bilan bog'liq kichik muammo kuzatildi, biroq hozir bunga ahamiyat beradigan payt emas. Buyog'iga eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatib, 3 ochkoni qo'lga kiritish uchun keldik. Oldimizdagi maqsad – faqat g'alaba.

O'ylaymanki, ertangi uchrashuvga tayyormiz. Kuchli terma jamoalar bunday jarayonni boshdan kechirib turadi. Yigitlar bilan gaplashdik. Birinchi uchrashuvni tezda esda chiqargan holda navbatdagi bahsga etibor qaratish lozim. Kuchli terma jamoa hech qachon ketma-ket ikki o'yinda mag'lubiyatga uchramaydi. Biz kuchli terma jamoamiz. Buni ertangi o'yinda ko'rsatib, muxlislarni 3 ochko bilan xursand qilamiz", – dedi Masharipov.

Eslatib o'tamiz, KXDR – O'zbekiston uchrashuvi ertaga Yangi Laos Milliy stadionida bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 17:00 da start olishi rejalashtirilgan.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: Championat.asia

Izohlar

A1981
19 nov 2024
3 очко олсанглар яхши У́ткир Катардан еганга у́хшаб очкосидан у́тказмаса бу́лди.
******
19 nov 2024
Катанец Куперлар эски давр одамлари улар пайти катеначчи урф булган ва уша улар уша куз билан куради тактикани Бизга замонавий Испан футболини ектирадиган мураббий керак Катанец келди химоямиз заиф деди лекин хеч нимани узгартира олмади чунки химоя заифмас (боримиз шу)уларнинг караши эскича улар футболни уз гоялари билан куради А биз ривожланмокчи булсак ешрок мураббий олиб келишимиз еки испан футболини хуш корувчи Кападзега имкон беришимиз кере
Бахтиёр Ашуров
18 nov 2024
Қанақа қилиб бўлса ҳам, ютинглар. Бошқа иложи йўқ. Олға Ўзбекистон!
Bu shunchaki o'yin
18 nov 2024
Demak Mozgovoy, Iskanderov, Amonov, Abduxoliqov, Xojimatlarni ertaga asosiyda ko'ramiz. Biz MTJdan xafamasmiz. Ishonchimiz so'nmadi! KXDRni yutamiz! Olg'a yigitlar!
IBOH SARIASIYA
18 nov 2024
Омад йигитлар.Ўтган ўйин ҳам ёмон бўлмади.ИншаАллоҳ ғалаба бизники бўлади.Бошни тик кўтаринглар.