Srechko Katanec: "Penalti yo'q edi. Bugungidek xato sabab turnirni tark etganimizda nima bo'lardi?"

I.J.I
23 jan 2024
Osiyo kubogi uchinchi turidan o'rin olgan Avstraliya va O'zbekiston (1:1) terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin milliy jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanec va uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi Jaloliddin Masharipov matbuot anjumanida qatnashishdi.

- Jaloliddin Masharipovning o'yin haqidagi fikrlari qanday?

- Assalomu alaykum. Avstraliyaga qarshi o'yin o'z tariximiz uchun muhim o'yin edi. Hech qachon Avstraliyaga gol urmagandik. To'rt ochko bilan guruhdan chiqishimiz mumkin edi. Biroq, bugun bor kuchimiz bilan harakat qildik va murabbiy aytgan barcha topshiriqni bajardik. Avstraliyaga qarshi koncentraciyani kuchaytirib, kerakli natijani qayd etdik deb o'ylayman. 

- Jaloliddin,  O'zbekistondan juda ko'p muxlislar kelgandi. Ularga qarata nima deya olasiz?

-  To'g'ri, bizni qo'llab-quvvatlash uchun Dohaga jeda ko'p muxlislar kelgan. Bundan tashqari, O'zbekistonda bizni 36 mln aholi kuzatmoqda. Ota onamiz, do'stlarimiz qanday harakat qilayotganimizni tomosha qilib turishibdi. Aynan ular uchun bor kuchimizni ishga soldik. Tanqidlarni to'g'ri qabul qilishimiz kerak. Kerakli natijani qo'lga kiritdik. Yana bir narsani qo'shimcha qilish kerak. Bizni nafaqat O'zbekistondan balki butun dunyodagi musofir yurdoshlarimiz kuzatib borishmoqda. Biz ularning qo'llovini his qilib turibmiz.

- Jaloliddin, Avstraliya terma jamoasini ko'p o'yinchilari Evropada o'ynashadi. Qog'ozda ular kuchliroqdek. Lekin bugun ularga qarshi etarli vaziyat yarata oldik.  Avstraliya bilan qanday farqimiz bor ekan?

- Hindistonni 3:0 hisobida mag'lub qilganimizda, ko'pchilik bu o'yin oson bo'ldi deb o'ylaydi. Hozir hamma futbol o'ynashni o'rganib olgan. O'yin kuni kim ko'proq tayyor bo'lsa, o'sha g'alaba qozonadi. Mirjalol Qosimov aytganidek, sen o'zingni kuchligingni isbotlamoqchi bo'lsang, har kuni o'z ustingda ishlashing kerak. Bugun Avstraliya darvozasiga gol urdik va nohush ananaga chek qo'ydik. Avstraliya yaxshi jamoa. Oramizda farq bor. Lekin, to'psiz yaxshiroq harakat qilib, jismoniy jihatdan biroz kuchayib olsak, Osiyoda eng kuchli jamoaga aylanamiz. Bugun Avstraliya bilan katta farq sezmadim.

- Jaloliddin, Markaziy Osiyo futboli haqida nima deya olasiz? O'zbekistondan tashqari, bu turnirda Qirg'iz Respublikasi va Tojikiston termalari ham qatnashishmoqda. Mintaqamizda futbol rivojlanishi uchun nima qilishimiz kerak?

- Men bu savolga javob beradigan darajada katta mutaxassis emasman, ammo o'z tajribamdan kelib chiqib aytishim mumkin. Masalan, Saudiya Arabistoni nima qildi? Ular ko'p legionerlarni olib kelishdi. Oqibatda, Saudiya Arabistonidagi mahalliy o'yinchilarning 90%  qismi zaxirada o'tirib qoldi.  Fikrimcha, bu narsa terma jamoa zarariga ishladi. O'rta Osiyo jamoalariga kelsak, Qirg'iziston bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazganimizda ular juda yaxshi taassurot qoldirishgandi. O'shanda ular pley-off bosqichiga chiqishsa kerak deb o'ylagandim. Menimcha, birinchi o'yindagi mag'lubiyat yigitlarning ruhiyatiga yomon tasir o'tkazdi. Tojikistonni esa tabriklayman. Shu tempda o'sishda davom etsak, bundanda yaxshiroq natijalar qayd etamiz.



- Janob murabbiy, belgilangan penalti haqida fikringiz qanday?

- Penalti yo'q edi. Hakamlarga eng yaxshisini tilayman. Ulardan vaziyatga ko'proq etibor berishlarini so'rayman. VARda qanday o'zaro aloqa qilishlarini bilmayman. VAR qanday ishlayotganini tushunish juda qiyin. Xamrobekov to'pni ko'rmagandi va yiqilayotgandi. Penalti qo'yilgani etmagandek, hakam sariq kartochka ham ko'rsatdi. Hakamlar har doim haq, ammo bu vaziyatda bilmadim. Agar bunday holatga penalti berilsa, bitta o'yinda 10 ta penalti belgilanishi kerak bo'ladi. Bugungidek xato sabab turnirni tark etganimizda nima bo'lardi? Umuman VARda juda ko'p tushunmovchiliklar bo'lmoqda. Hatto Evropada bu kabi holatlar kuzatilmoqda. "Real" va "Almeriya" o'yinida ham VAR bilan muammolar bo'ldi.

- Janob Katanec, Avstraliyaga qarshi o'yin natijasidan qanchalik qoniqdingiz?

- Albatta, qoniqdim. O'yindan oldin qiyin bo'lishini bilardik. Avstraliya jismonan o'ta kuchli jamoa. Biz bugun yaxshi futbol o'ynadik. Birinchi bo'limda bazi tushunmovchiliklar bo'ldi. Biroq, shu holatda ham 2-3 ta xavfli qarshi hujumlar uyushtirdik. Ikkiga bir qolgan holatimiz ham bo'ldi, ammo vaziyat ko'kka sovurildi. Endi dam olamiz va keyingi o'yin haqida o'ylashni boshlayman.

- Janob murabbiy, Igor Sergeev bugun jarohat oldi. Sizda hujumchilar bo'yicha yana boshqa reja bormi?

- Terma jamoadagi barcha kuchli o'yinchilarni bir paytda, bitta joyda to'plash qiyin. Har bir futbolchida istalgan payt muammo paydo bo'lishi mumkin. Bu holatga echim topishga bor kuchim bilan harakat qilaman. Bu qanchalik o'xshaydi, hozircha bilmayman.



- Avstraliya terma jamoasiga to'g'dirgan eng katta xavfingiz nima bo'ldi?

- Birinchi bo'limda chap qanotda ko'rsatgan o'yinimiz menga yoqmadi. Bu qanotdan kombinaciyalar tashkil qilishni istagandik, ammo birinchi bo'limda bu narsa o'xshamadi. Oldinga ko'proq intilishimiz kerak edi. Avstraliyaga qanday xavf tug'dirganimizga kelsak. Biz bosh bilan urdik. Ikkinchi qavat Avstraliya himoyasining eng kuchli tarafi hisoblanadi. Raqib himoyachilari o'ta baland. Qizig'i shundaki, biz aynan shu holatda bosh bilan gol urdik.

- Bugun hujum chizig'ida o'ynagan Oston O'runov va Abbosbek Fayzullaevlarning harakatlaridan qanchalik qoniqdingiz?

- Ularning o'yinidan qoniqdim. Avstraliyaliklar jismonan juda kuchli hisoblanadi. Birinchi bo'limda Jaloliddin Masharipovni birinchi bo'limda maydonga tushirganimda ham huddi shunday holat yuz berishi mumkin edi. Avstraliya himoyasini yorib o'tish har qanaqasiga ham qiyin. Shunday ekan, hujum chizig'imiz ko'rsatgan o'yindan qoniqdim deya olaman. Biz juda yaxshi jamoamiz. Har bir o'yinda, istalgan raqibga qarshi vaziyat yarata olamiz. Tarkibimizda kuchli o'yinchilar etarli.



I.J.IMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Na sayte bavariya
23 jan 2024
Varda yam yiponla utirganmikan var majburladiyu yiponli xakamdi uzi avstralyani uziyam xayron bup qoldi ))
Тож
23 jan 2024
Катанецга ҳам осонмас, кетма-кет жарохатлар, хакамнинг кўтлиги...унга сабр берсин. Охиригача бориш насиб қилсин
Shamsiddin Usmonov
23 jan 2024
Xusanov xaqida savol bermaptida jurnalist hammaga qiziq edi
Nozimjon Umatillayev
23 jan 2024
Rahmat Katanes. Faqat Abbosni oʻzini pozitsiyasida oʻynating iltimos, shu bola turnirning eng yaxshi futbolchisi boʻlishi mumkin agar uzoqroqqacha borsak.
Санджар
23 jan 2024
Сречко, бугунги тактикен ухшамади, болларга молодец дийман факат, вазиятдан чикишди, но сен эмас.
Legenda Ronaldino
23 jan 2024
Кейинг уйинда яшириб куйган футболчилар бобур Билан умаровни туширади енди буёгига тавакал билмийди хамма футболчилар уз жойида уйнайди
Bekzod Sharipov
23 jan 2024
Katanstsni yomon va no'noq murabbiyga chiqarayotganlar futbolni tushunasizlarmi o'zi?? Katanets 4 ta asosiy o'yinchisiz o'yin qurdi. Taktik murabbiy bu. Jamoa harakat qilyapti. Mahoratda gap. Ichki chempionatimiz saviyasi bir tiynga qimmat ming bor uzrkuya lekin haqiqat. Yaqqol murabbiy imzosiku bu. Natija Katanetsniki. Natijalar hozirgi holatda a'lo. Katanets uzoqroq muddatga qolsin murabbiy sifatida termamizda
Edikk
23 jan 2024
Katanesni Alloh sababchi qildi, Avstraliyani yutishimizga unga rahmat aytishimiz kerak, kerakli futbolchini tushurib gol urish ham mahorat aslida
Neftchi baribir eng buyuk
23 jan 2024
Bir tiyinga qimmat trener. Jalol bn saypini otaligʻigi oganmi. Hohlagan oʻyinchisini tushiroradimi bu dabba. Bu sastav bn uzoqqa borolmaydi. Minglab talantlar bor bir ikita oliftani yoniga boʻlib millat jamoasini xoʻr qimasligi kerak. Shu tarkibda ham Omonov Abduholiqov kabilar bor . Bu dalbatob bir ikita lubimchiglarini tushirib zaybal qildi
Валихонов Фарходжон
23 jan 2024
Катанец савияли мураббий экан!
Ko'proq ko'rsatish