Sterling: "YCHL va Angliya Kubogini yutishni istaymiz"

Mirjalol Normatov
12 iyul 2020
"Manchester Siti" forvardi Rahim Sterling APL doirasida "Brayton" ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.

"Sautgempton"dan uchralgan mag'lubiyat bizni jahl otiga mindirdi. O'shanda ham ko'plab vaziyatlarni golga aylantira olmagandik. Safarda shunday g'alabaga erishish ajoyib holat.

Vaziyatlardan foydalana olmaslik - mavsumdagi og'riqli nuqtamiz bo'lib turibdi. O'tgan mavsumda imkoniyatlardan yaxshi foydalanib turgandik. O'sib boryapmiz, qadam va qadam to'g'ri yo'nalishda ketyapmiz.

Faoliyatimdagi eng yaxshi mavsum? Asosiysi - jamoaga yordam berish. Angliya Kubogi va YCHLni yutishni istaymiz, aks holda gollar hech nimani anglatmaydi. Gollarim jamoaga foyda olib kelsa bo'lgani", - dedi Sterling.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal