

Kavex Solexol ma'lumotiga ko'ra, angliyalik futbolchining vakillari UEFA Chempionlar Ligasida ishtirok etayotgan 7 klub bilan muzokaralar o'tkazmoqda. Sterling yaxshi jismoniy holatda va imkoni boricha tezroq eng yuqori darajada o'ynashga qaytishni istaydi. Unga hozircha yetishmayotgan yagona jihat - o'yin formasi.
Avvalroq Rahim erkin agent sifatida "Napoli"ga taklif qilingani haqida xabarlar tarqalgandi. Ayni paytda Neapol klubi rahbariyati futbolchi bilan bitim imzolash imkoniyatini faol ravishda o'rganmoqda.
Qayd etish joiz, vinger joriy mavsum hali birorta o'yinda ishtirok etmagan. Transfermarkt hozirda uning transfer qiymatini 5 mln evro deb baholamoqda.



