Stiven Jerrard: "Angliya JCH-2014 favoriti emas"

Tolibjon Qosimov
4 dek 2013
Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Stiven Jerrard, JCH-2014ga tashlanadigan qur'adan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
– G'oliblik uchun asosiy davogar emasligimizni tushunib turibmiz. Ammo nima bo'lsa ham biz har bir o'yinda maydonga tushib g'alaba uchun harakat qilamiz.

– Agar bosim kamroq bo'lsa o'ynash osonroq bo'ladimi?
– Menimcha ha. Biz Jahon chempionatida favoritlar qatorida bo'lmaymiz, hech kim bizdan katta g'alabalar kutmaydi. Lekin tarkibimiz chempionlik uchun intilib ko'ramiz, – deydi Jerrard FIFA rasmiy saytiga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net