

Jurnalist Gaston Edul londonliklar yarim himoyachini yozda shartnoma imzolashini ma'lum qildi. U bilan allaqachon shartnoma imzolash bo'yicha kelishuvga erishilgan. Klublar o'rtasida ham kelishuv mavjud.
21 yoshli yarim himoyachi Fransiyada 2024/25 mavsumdan boshlab o'ynamoqda. U avval ham Angliyada o'ynagan - 2024 yilda "Brayton" safida.
Argentinalik yarim himoyachi joriy mavsum 37 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 2 ta gol va 9 ta assist bor. Futbolchining transfer narxi 35 million evroga baholanmoqda.



