Students Cup. Farg'ona politexnika instituti jamoasi mavsumoldi taqdimot marosimi o'tkazdi

Alisher
26 jul 2022
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi "O'zbekistonda futbolni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5887 sonli Farmonlari ijrosini taminlash maqsadida xududlarda yoshlarni sportga keng ko'lamda jalb etish, xususan futbol sport turining ommaviyligini oshirish borasida bir qator samarali ishlar olib borilmoqda.

Xususan, bugun Farg'ona politexnika institutining futbol jamoasi mavsumoldi taqdimot marosimini o'tkazdi. Marosimda institutning ilmiy ishlar va innovaciyalar bo'yicha prorektori, texnika fanlari doktori Zohidbek Xamroqulov, Farg'ona futboli faxriylari - Abdusamad Do'rmonov, Sergey Lebedev, Diyorbek Irmatov va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar. Joriy mavsum oldidan turli musobaqalarda o'z oldiga sovrinli o'rinlarni maqsad qilib qo'ygan institut jamoasining mavsumoldi taqdimot marosimi ko'tarinki ruhda tashkil etildi. Marosim davomida so'zga chiqqan mutassaddi rahbarlar Farg'ona politexnika instituti futbol klubiga mavsum davomida omad va g'alabali onlar yor bo'lishini, xususan Respublika oliy talim muassasalari futbol jamoalari o'rtasidan tashkil etiladigan Students Cup musobaqasida g'oliblikni qo'lga kiritishlariga tilak bildirdilar.


Jamoa azolari: 

1.Shoyadbek Sirojiddinov, 2.Davronbek Rahmonaliev, 3.Ozodbek Yo'ldashaliev, 4.Nurmuhammad Adhamjonov, 5.Jahongir Mamatmusaev, 7.Akmal Muhammadjonov, 8.Shukur Jumaboev (S), 10.Talabjon To'ychiev, 12.Islombek Saydullaev, 17.Mirjalol Anvarov, 19.Islombek Abdunazarov, 20.Firdavs Nazirtoshev, 22.Abbosbek To'ychiev, 23.Oyatullo Ergashev, 27.Fayziddin Abdumannopov, 70.Umidjon Alijonov, 77.Muhammadrizo Yusupov.

Bosh murabbiy: Jasurbek Xamroqulov.


Bekzod Tolibov, Farg'ona shahridan Championat.asia uchun maxsus



AlisherMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Nodirbek86.86
26 jul 2022
Олға ФарПИ. Фақат чемпионлик асосий мақсад бўлсин. Зохид ака политех чемпион бўлиши учун қаттиқ бел боғлаганлигингизга ишонамиз.
M_Sabirdjanov
26 jul 2022
Диер эмас Дилер Ирматов Нефтчининг узок йиллиу уйинчиси
Professional n1
26 jul 2022
Adu oladi yana