Suares va Fabregas “Barselona”ga qaytdi, ammo ...

Eldor Akmurzayev
17 iyul 2022
Luis Suares “Atletiko” bilan shartnomasi tugagani tufayli, klubni erkin agent sifatida tark etdi.

Shuningdek, Sesk Fabregas “Monako” bilan xayrlashdi. Ikkala futbolchi sobiq jamoasi “Barselona”ga qaytdi va klub bazasida mashg'ulot olib borishmoqda. Kataloniyaliklar rahbariyati Suares va Fabregas yangi jamoa topgunicha, mavsumga tayyorgarlikni “Barsa” maydonlarida o'tkazishga ruxsat berdi.

Eslatib o'tamiz, 35 yoshli Fabregas 2011-2014 hamda 35 yoshli urugvaylik esa 2014-2020 yillarda “ko'k-anorranglilar” sharafini himoya qilgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia