"Sug'ur kuni". O'zbekiston terma jamoalarining Meksika bilan avvalgi to'qnashuvlari qanday yakunlangan?

Iskandarov Abdulaziz
12 sep 2023
O'zbekiston terma jamoasi ertaga tong saharda o'zi uchun tarixidagi navbatdagi yangi raqib Meksika bilan to'qnash keladi.

O'tgan safar AQSH bilan o'yinlar kam bo'lganini, faqat bir marotaba maydonda ko'rishishganimizni takidlagan edik. Meksika bilan esa 32 yillik tariximiz davomida turli yoshda faqat 2 bor to'qnash kelganmiz. U ham bo'lsa yaqin tarixda. 

Jamoliddin Rahmatullaev boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi o'tgan yilning sentyabr oyida "Syrenka Cup 2022" musobaqasida meksikalik tengqurlariga mag'lubiyatga uchragan (0:2).

"Syrenka Cup 2022". 

Meksika U-16 - O'zbekiston U-16 2:0

O'zbekiston: Asilbek Numonov, Behruz Jumatov, Azizbek To'lqinbekov, Ozodbek O'ktamov, Lazizbek Mirzaev, Zikrilloxon Muxtorov, Shodiyor Shodiboev, Danil Nugmanov, Sherzodbek Abdulboriev, Quvonchbek Abraev, Dilshod Abdullaev

Zaxira: Azamat Sulaymonov, Ozodbek Sotvoldiev, Behruz Shukurullaev, Amirbek Saidov, Abdulhamid Turg'unboev, Aminbek Yoqubov, Ollobergan Karimov, Nikolas Akopov

2016 yil O'zbekiston olimpiya terma jamoasini qabul qilib olgan Jasur Abduraimov o'zining ilk yig'inida Meksika bilan kuch sinashgan, unda ham 0:2 hisobi qayd etilgan. 

O'zbekiston U-22 – Meksika U-22 - 0:2

O'zbekiston U-22: Dilshod Hamroev, Rustamjon Ashurmatov, Abdujamol Isroilov, Xurshid G'iyosov, Abbos Otaxonov, Doston Tursunov, Akrom Komilov, Doston Ibragimov, Jasurbek Yaxshiboev, Dostonbek Hamdamov, Zabihillo O'rinboev.


2013 yil Dilshod Nuraliev ustozlik qilgan U-17 terma jamoamiz BAAdagi mundialga tayyorgarlik doirasida Ispaniyaning Marbelya shahrida start olgan xalqaro turnirda Meksika o'smirlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushngan va 0:2 hisobida engilgan. 


Navbatdagi o'yin qanday natija bilan yakunlanadi?


Iskandarov AbdulazizMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Michael Scofield
12 sep 2023
Sssiqvordina Birku Mexico.mexico
BOBUR
12 sep 2023
Meksika bn oʻynasa boʻladi aqshni yachib tashlasa boʻlar edi oxirgi soʻngi xal qiluvchi soniya yetishmayapti biznikilarga