Suhrob Izzatov: "Neftchi" bilan o'yin biroz qiyin kechdi"

Sherzod Nurmatov
22 dek 2022
Toshkentning "Bunyodkor" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Jamoa mavsumoldi tayyorgarlik oldidan dastlabki nazorat uchrashuvida "Neftchi"ga qarshi bahslashdi. Bahs 1:1 hisobida yakunlandi. Bellashuvdan keyin "qaldirg'ochlar" a'zosi Suhrob Izzatov fikrlariga quloq tutdik.

"Neftchi" bilan o'yin biroz qiyin bo'ldi. Negaki, jamoa ancha vaqtdan buyon o'ynamagandi. Tayyorgarlik jarayonidagi ilk o'yinimiz bo'lgani sabab boshida biroz qiyin bo'ldi. 

Tarkibimiz yanada yoshartirildi. Hali kamchiliklarimiz ko'p, lekin mavsum startiga qadar to'liq sport formaga tushib olishimizga ishonaman. Hozirda kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar o'tkazmoqdamiz. Bu orqali esa holatimizni yaxshilab olamiz.

Albatta, tarkibda yo'qotishlar bo'lyapti. Ko'p futbolchilar jamoani tark etdi. Yangi yildan keyin tarkibimiz kuchaytirilishiga ishonaman. Yaxshi futbolchilar olib kelinadi deb o'ylayman. Jamoa mavsumga har tomonlama yaxshi tayyorgarlik ko'radi", – deya so'zini yakunladi Izzatov.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia