Sulsherning asosiy transfer maqsadi ma'lum

Alisher
23 noya 2019
"Everton" forvardi Risharlison "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasida.

22 yoshli braziliyalik futbolchi o'zining o'yinlari orqali Ole Gunnar Sulsherning e'tiborini tortdi.

Ushbu futbolchi "Manchester Yunayted"ning yanvar oyidagi asosiy transfer maqsadi sifatida etirof etilmoqda.

Eslatib o'tamiz, MYU shuningdek Mario Manjukich ("Yuventus"), Mussa Dembele va Memfis Depay (ikkisi ham "Lion")larga ham qiziqmoqda.

Risharlison joriy mavsum APLda 12ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assistga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports