Ozarbayjon Premer-ligasi. "Sumqayit" o'z uyida mag'lubiyatga uchradi, Abdixoliqov 71 daqiqa o'ynadi va assist qayd etdi, Jaloliddinov zaxiradan o'yinga qo'shildi

Alisher Ostonov
12 apr 2025
Ozarbayjon Premer-ligasi 30-tur doirasidagi "Sumqayit" - "Samaxi" o'yini bo'lib o'tdi.

Mezbonlar safida hujumchi Bobir Abdixoliqov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 71-daqiqada almashtirildi, qayd etish kerakki, forvard jamoasining yagona goliga assistentlik qildi. Yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov esa aynan 71-daqiqada o'yinga qo'shildi.

Bahs mehmonlarning g'alabasi bilan yakunlandi, "Samaxi" uch daqiqa ichida "Sumqayit"ning goliga 2 ta to'p bilan javob berdi.




Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia