Superliga. 0:2 hisobida oldinda borgan "Nasaf" Toshkentda "Bunyodkor" bilan durang o'ynadi

Aslanov Jasurbek
28 sep 2024
"Bunyodkor" hamda "Nasaf" o'rtasida o'tkaziladigan Superliganing 20-tur bahsi yakunlandi.

Superliga. 20-tur

BUNYODKOR – NASAF 2:2 

Gol: 47 - Zoran Marushich (Stefan Cholovich), 62 - Marko Stanoevich (pen), 65 - Luis Kachorri (Temurxo'ja Abduholiqov), 77 -  Usmonali Ismonaliev (Andriya Filipovich)

28 sentyabr. Toshkent. Jar stadioni. 17:00

Bosh hakam: Olim To'ychiboev.

Qanot hakamlari: Rasul Fozilov, Maksim Nexochin.

Zaxiradagi hakam: Isroil Imomnazarov.

VAR: Ibrohim Ismoilov.

AVAR: Nasiba Toshmuhammedova.

Nazoratchi: Zokir Qodirov.

Komissar: Shahzod Xolboev.

"Bunyodkor": 13.Hamidullo Abdunabiev, 4.Najmiddin Normurodov, 5.Momchilo Rasho, 6.Boburbek Yo'ldoshev (8.Frane Chiryak, 62), 10.Rasul Yo'ldoshev, 11.Temurxo'ja Abduholiqov, 22.Usmonali Ismonaliev, 25.Itsuki Urata, 41.Andriya Filipovich (7.Shohboz Jo'rabekov, 90), 57.Amir To'raqulov, 77.Muzaffar Olimjonov (74.Luis Kachorri, 62).

Zaxira: 1.Marin Lyubich, 19.Bilol Tupliev, 65.Ahmadullo Muqumjonov, 78.Toxirbek To'xtasinov, 92.Nosirjon Abdusalomov, 93.Aleksandr Zevadinov.

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 5.G'olib G'aybullaev, 7.Akmal Mozgovoy, 14.Sharof Muhiddinov, 19.Stefan Cholovich ( 6.Murodbek Rahmatov,81), 22.Igor Golban, 28.Shuhrat Muhammadiev ( 4.Dilshodjon Komilov,81), 32.Zoran Marushich (10.Bobir Abdiholiqov, 81), 34.Sherzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov ( 9.Javohir Sidiqov,86), 88.Marko Stanoevich ( 70.Jambuli Jigauri.86).

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 3.Shohjahon Sultonmurodov, 21.Doniyor Narzullaev, 23.Kuach Yuel,

 Ogohlantirish: 40 - Sharof Muhitdinov, 90+5 - Luis Kachorri

Chetlatish: 69 - Sharof Muhitdinov


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

90+5. Ogohlantirish: Luis Kachorri ogohlantirildi

90. O'zgarish: Filipovichning o'rniga Shahboz Jo'rabekov maydonga tushdi

88. Filipovich Usmanalini ajoyib vaziyatga olib chiqdi, biroq uning zarbasi noaniq ketdi

87. Temurxo'janing zarbasi biroz noaniq ketdi. Ikkinchi bo'limda ustunlik mezbonlarda

86. Mehmonlarda navbatdagi o'zgarishlar: Jaba va Sidiqov maydonga tushdi, ular Marko va Bozorovni alishtirishdi

81. O'zgarishlar: Muhammadiev, Cholovich va Marushich maydoni tark etdi, ularning o'rniga Abdixoliqov, Rahmatov va Komilov maydonga tushdi

VAR bilan gaplashgan Olim To'ychiboev golni inobatga oldi



77. GOOOL. Usmonali Ismonaliev hisobni tenglashtirdi. Mezbonlarning tezkor qarshi hujumi ajoyib arzda malga oshirdi. Hozir hakamlar VARga murojaat qiladi. Sababi qarshiliklar hujum qilgan vaqtda mezbonlar qo'pollik ishlatgan bo'lishi mumkin

72. Normurodovning jarimadan yo'llagan zarbasi juda noaniq ketdi

69. Chetlatish: Sharof Muhitdinov ikkinchi sariq kartochkasini oldi va maydondan chetlatildi

65. GOOOL. Mezbonlar ikkinchi goldan so'ng tezda hisobni qisqartirishdi. Temurxo'ja ajoyib harakat qildi va to'pni Luisga uzatdi. Hozirgina maydonga tushgan hujumchining zarbasini Abduvohid qaytra olmadi. Bu Nematovning ikkinchi davradagi ilk o'tkazib yuborgan goli bo'ldi



63. GOOOL. Marko "panenka" uslubida penaltidan unumli foydalandi

62. O'zgarishlar: Yo'ldoshev va Olimjonov maydoni tark etdi, ularning o'rniga Luis Kachorri va Frane Chiryak maydonga tushdi

61. Hakam penaltiga asos bor deb hisobladi va "Nasaf" uchrashuvdagi ikkinchi golini urishi mumkin

60. Olim To'ychiboev VAR manitoriga bormoqda. Mezbonlar darvozasiga penalti belgilanishi mumkin.

55. Urata jarohat oldi, unga shifokorlar yordam ko'rsatishmoqda



47. GOOOL. Mehmonlar hisobni ochishdi. Cholovichning uzatmasidan so'ng Marushich hisobni ochdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

45+2. Muzaffar Olimjonovning zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. Mezbonlar birinchi bo'limda olinga chiqib olishlari mumkin edi

Hakam birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berdi

40. Ogohlantirish: Sharof Muhitdinov Yo'ldoshevga qarshi qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi

36. Olimjonov qanotda Nasrullaevdan yaxshi o'tdi va zarba yo'lladi. Nematov qiyinchilik bilan zarbasini qaytardi

30. Temurxo'ja Abduxoliqovning boshi bilan yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchiliksiz ushlab oldi

28. Mezbonlar uchrashuvdagi ilk vaziyatlariga ega bo'lishdi. Andriya Filipovichning say-harakatlari bilan "qaldirg'ochlar" burchak zarbasiga ega bo'ldi

25. Muhitdinov uzoqdan zarba yo'llab ko'rdi, biroq uning zarbasi juda sekin va noaniq chiqdi


23. Mehmonlar yana bir ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. Bu safar Golban burchakdan uzatilgan to'pdan so'ng zarba berdi. "Nasaf"ning legioner futbolchisi 2 metrdan raqib darvozasini aniq nishonga olmadi

19. Uchrashuvdagi ilk xavfli vaziyat, bahsdagi ilk aniq zarba va ajoyib seyv. Mozgovoyning boshi bilan yo'llagan zarbasini Abdunabiev qiyinchilik bilan qaytarmoqda

18. Cholovich qanotdan yaxshi uzatmani amalga oshirdi, to'pni esa Urata burchakka chiqarib yubordi. Burchakdan uzatilgan to'pni esa Abdunabiev qaytardi. Qaytgan to'pdan so'ng yana mehmonlarlar hujumga o'tishdi va yana Hamidullo darvozasi tomon burchak zarbasi belgilandi

13. Marko Stanoevichning zarbasi noaniq chiqdi. Ustunlik biroq mehmonlarda

9. Uchrashuvdagi ilk hujumni qarshiliklar amalga oshirishdi, biroq mezbonlar himoyachisi va darvozaboni yaxshi harakat qildi

UCHRASHUV BOSHLANDI


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

muzaffarov1970@gmail.com
28 sep 2024
Мана шу шахловчи жон куйдириб Бунедкорга босаяпти. Хамма шархловчилар охирги пайтда Насафни уйинини нохолисларча шархлашаяпти.
Jan Reno
28 sep 2024
Шароф ... экансан
Звезда5
28 sep 2024
Шархловчи деган нейтрал булиши керак эмасми, аутсайдер бунёдкорни махташдан уткани йук. Насаф зур уйнади, керакли очколарни йигиб булган.
RS
28 sep 2024
Насаф барибир чемпион булади.
Kola Liga
28 sep 2024
Судияни башараси совуклигини куриб шу бола катта сахнага чикмаса яхши эди деб тургандим но барибир катта сахнага чикди ва уйини кутига тикди,еки юкоридан шундай буйрик булганмикан Насафи амалаб тухтаинглар интирига саклаб колинсин деб,тошкентда утирганлардан хар нарсани кутса булади
Marcelo89
28 sep 2024
" Boqimanda tushib ketishi kerakmas " Bugun shu vazifa berilgan Berdievga !
Звезда5
28 sep 2024
Шархловчи аут бошка гап йук, бунёдкор хохласа ютсин тарафкашлик килиб нима керак. Профессионализм умуман 0
Тўлқин Хайит
28 sep 2024
Ҳеч нарсадан фожиа ясамаймиз, бунақаси ҳам бўлиши мумкин эди. Ҳеч ким осонликча таслим бўлмайди айниқса Насафга. Олға Насаф фақат олдинга! Чемпионлик жуда яқин.
Akbar's
28 sep 2024
МАН РУСЧА ШАРХДА КУРДИМ.ШУ ШАРХЛОВЧИНИ САВИЯСИ ПАСТЛИГИДАН
Аллаёров Ёдгор
28 sep 2024
hech qisi yuq bub turadi oxirgi yillar bunkani yutish qiyin bulyapti ohirgi 6 uyinda gol utkazmagan nasaf bugunni uzida 2 gol bunyodkor yurgan urni kami 5 yo 6 urin bulishi kerak ekan
Ko'proq ko'rsatish