Superliga. 105 daqiqa davom etgan o'yinda "Nasaf" "Surxon"ni kichik hisobda taslim qildi

Sherzod Nurmatov
20 may 2024
Superliga 8-turidan o'rin olgan "Surxon" – "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Superliga

8-tur

"Surxon" – "Nasaf" 0:1 (TUGADI)

20 may. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 19:00

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev  

Qanot hakamlari: Shohnur Yuldashev, Alisher Rahimqulov  

Zaxira hakami: Sardor Mirodilov

VAR: Ibrohim Ismoilov    

AVAR: Anvar Marajabov 

Nazoratchi: Vladislav Ceytlin 

Komissar: Vladimir Nazarov

Gol: Zoran Marushich (Islom Kenjaboev) 21, 0:1

"Surxon": 16.Dilshod Yo'ldoshev, 2.Bobur Asqarov, 4.Nodirxon Nematxonov, 7.Doston Tursunov, 8.Humoyun Sherbo'taev, 9.Ulug'bek Hoshimov, 10.Dmitriy Pletnyov ( 6.Behzod Shamsiev,90), 17.Jahongir Abdusalomov, 19.Muhammadali Abdurahmonov (18.Silvanus Nimeli,86), 66.Behruz Shaydulov, 77.Asadbek Karimov.

Zaxira: 86.Davron Merganov, 14.Sarvar Abduhamidov, 20.Sardor Maxmudov, 23.Egor Krimec, 27.Asilbek Jumaev, 55.Shohjahon Sultonmurodov, 99.Komron Saydazimov.

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 5.G'olib G'aybullaev, 7.Akmal Mozgovoy, 14.Sharof Muhitdinov (20.Viktor Da Silva,83), 27.Islom Kenjaboev (21.Doniyor Narzullaev,83) 28.Shuhrat Muhammadiev, 32.Zoran Marushich (10.Bobir Abdixoliqov, 83), 34.Sherzod Nasrullaev, 70.Jambuli Jigauri (9.Javohir Sidiqov, 76), 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoevich.

Zaxira: 1.Umid Ergashev, 91.Zafar Safaev, 8.Zafarmurod Abdiraxmatov, 30.Temur Chogadze, 44.Shahzod Akramov.

Ogohlantirish: Jahongir Abdusalomov ("Surxon") 54, Abduvohid Nematov ("Nasaf") 60, Ulug'bek Hoshimov ("Surxon") 90, Oybek Bozorov ("Nasaf") 102, Sherzod Nasrullaev ("Surxon") 105

MATNLI TRANSLYACIYA


Uchrashuv yakunlandi. 

105. OGOHLANTIRISH. "Nasaf", Sherzod Nasrullaev

101. OGOHLANTIRISH. "Nasaf", Oybek Bozorov

100. Yuz daqiqadan o'tdi o'yin. 

90+9. PENALTI YO'Q. Tantashev yakuniy qarorni qabul qilib bo'ldi. 

90+5. VAR qarori kutilmoqda. Takroriy lavhalar ko'rsatilyapti. 

90. "Surxon" hujumga o'tdi, Abdusalomovga nisbatan jarima maydonchasi ichida qo'pollik ishlatilgan bo'lishi mumkin. Tantashev VAR bilan gaplashdi va o'zi monitor oldiga bordi. 

90. OGOHLANTIRISH. "Surxon", Ulug'bek Hoshimov

90. O'ZGARISH. "Surxon", Dmitriy Pletnev o'rniga Behzod Shamsiev tushdi.

86. O'ZGARISH. "Surxon", Muhammadali Abdurahmonov o'rniga Silvanus Nimeli tushdi. 

82. O'ZGARISH. "Nasaf", Sharof Muhiddinov o'rniga Viktor Da Silva, Zoran Marushich o'rniga Bobir Abdixoliqov, Islom Kenjaboev o'rniga Doniyorjon Narzullaev tushdi. 

81. VAX. Asadbek Karimov birin ketin raqiblarni aldadi va to'pni jamoadoshiga uzatdi. Zarba noaniq. 

76. O'ZGARISH. "Nasaf", Jaba Jigauri o'rniga Javohir Sidiqov tushdi. 

72. Asadbek Karimovdan jarima maydonchasi ichiga uzatma. Nematov o'z o'rnida.

60. OGOHLANTIRISH. "Nasaf" posboni Abduvohid Nematov Karimovga nisbatan juda qaltis chiqib keldi. 

54. OGOHLANTIRISH. "Surxon", Jahongir Abdusalomov

47. Oybek Bozorov qulay vaziyatda to'pni darvozaga juda sekin yo'lladi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

45. Ikkinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

42. "Nasaf" ikkinchi golni urishga yaqin keldi. Marushich to'pga ulgurmadi. 

33. ZARBA. "Surxon" posboni raqib futbolchisi amalga oshirgan jarima zarbasini qaytardi. 

31. Oybek Bozorovga nisbatan qo'pollik ishlatildi. "Nasaf" foydasiga jarima zarbasi. 

25. "Surxon" tabiiyki oldinga o'tmoqda. "Nasaf" himoyachilari va posboni ishonchli harakat qilmoqda. 

21. GOL. "Nasaf" uchrashuvda hisobni ochdi. Muhiddinov to'pni oldinga oshirib berdi, Kenjaboev Marushichga qoldirdi, hujumchi esa tayyor uzatmani golga aylantirdi. 

15. ZARBA. Asadbek Karimovning zarbasini Abduvohid Nematov qiyinchilik bilan qaytardi. 

14. "Surxon" o'yinda biroz tempni oshirdi. 

7. Ikki jamoa ham ilk daqiqalardan to'p nazoratiga etibor qaratmoqda. O'yinda hali keskinlik ro'y bergani yo'q. 

- O'yin boshlandi. 

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. 


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: Championat.asia

Izohlar

LENEKER
20 may 2024
Гайбуллаев тупга уйнади балки оёги етмагандир . лекин Сурхон уйинчисига хам куполлик ишлатгани йук, сурхон уйинчисини хам тугри тушуниш керак у пеналти ишламокчи булди , охирги кадрда аник куринди узи йикилишга уринди сал пал ухшатди хам,
А689 НМ
20 may 2024
Хакам 100% сузма килди аник пенальтидан Сурхонни махрум килди унга рефери таймда чора кулланади деб умид киламиз бунака карорлари билан мухлисларни футболдан бездиради жамоалар эса жабр куради
LENEKER
20 may 2024
Хозирча Насаф уйинида пасайиш бор хаммамиз куриб турибмиз , аввалари хам бундан баттар вазиятлар булган хозирча 2-3 уринларда аралашиб турсак , иккинчи даврада биласизлар Насаф вахшийга айланади , бунинг учун ташвишланишга хожат йук биз бор йуги иккинчи уриндамиз холос,
А689 НМ
20 may 2024
Насаф футболчисини оёги тупга умуман теккани йук сукир булмаган курди аник пенальти эди хакам хато килди тортишяпганлар рефери таймда куради агар рефери тайм узига мухлислар ишончини йукотмаса хакамни хатоси учун жазолайди
Hakan Chalxanoglu
20 may 2024
Хеч канака пенальти йук эди! Бундан кур кечаги Норчаевни йикилиши купрок тортарди пенальтига.