Superliga-2019. Bronza medali kimga nasib etadi?

Narzulla Saydullayev
28 noya 2019
Bu yilgi O'zbekiston chempionati yakunlanishiga bitta tur qoldi xolos.

So'nggi turda nafaqat ligani tark etadigan jamoa, balki bronza medali taqdiri ham xal bo'ladi.

Superligada uchinchi o'rinni olish uchun ikki klubda imkoniyat bor: "Bunyodkor" va "So'g'diyona".

Qizig'i so'nggi turda bu jamoalar o'zaro to'qnash kelishadi. Ayni paytda "Bunyodkor" hisobida 42 ochko mavjud. "So'g'diyona"da esa 39ta.

Birinchi davrada Jizzaxda o'tgan bahsda "So'g'diyona" 2:1 hisobida zafar quchgan edi.



Demak, 26-turda...

... "Bunyodkor" g'alaba qozonsa bronza medaliga ega chiqadi.

... durang qayd etilsa "Bunyodkor" bronza medaliga ega chiqadi.

... "So'g'diyona" istalgan hisobda g'alaba qozonsa bronza medaliga ega chiqadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia