Superliga. 3-tur uchrashuvlari boshlanish vaqtlari ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
1 apr 2019
PFL rasmiy sayti ushbu haftada bo'lib o'tadigan Superliga 3-tur uchrashuvlarining boshlanish vaqtlarini e'lon qildi.

PFL rasmiy saytida aytilishicha, "Sog'lom Avlod" stadionida tayyorgarlik ishlari hali davom etayotgani sabab "Andijon" - "Lokomotiv" o'yini Toshkentda o'tkaziladigan bo'ldi. "Andijon" bergan taklifga "temiryo'lchilar" ijobiy javob qaytardi va bahs 4 aprelga ko'chirildi.

3-TUR

4 aprel, payshanba

18:00. "Lokomotiv" - "Andijon"


5 aprel, juma

18:00. "Paxtakor" - "Nasaf"


6 aprel, shanba

16:30. "Dinamo" - "Metallurg"

17:00. "Navbahor" - "Bunyodkor"


7 aprel, yakshanba

18:30. "Buxoro" - "Qizilqum"

17:15. AGMK - "Qo'qon-1912"    

19:15. "So'g'diyona" - "Surxon"


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pfl.uz