Superliga = "Avtobuslar ligasi"

Sherzod Nurmatov
4 apr 2025
To'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik qiladiganlar deyarli g'alaba qozonishmaydi.

Championat.asia muxbiri Nikolay Egorichev o'zining Telegram kanalida Superliganing uch turida to'pga egalik qilish statistikasiga bag'ishlangan postini elon qildi. Keling, dastlabki turlar natijalarini sarhisob qilamiz.


1-tur

"Surxon" – 71,2% ("Qizilqum"dan mag'lubiyat - 0:2)

OKMK – 67,4% ("Buxoro" ustidan g'alaba - 2:1)

"So'g'diyona" – 57,1% ("Nasaf"dan mag'lubiyat - 0:1)

"Sho'rtan" – 56,8% ("Xorazm"dan mag'lubiyat - 0:2)

"Dinamo" – 54,3% ("Navbahor" bilan durang - 0:0)


2-tur

"Paxtakor" – 71,7% (OKMKdan mag'lubiyat - 0:2)

"Neftchi" 63,6% ("Qo'qon-1912" bilan durang - 0:0)

"Surxon" 61,9% ("Xorazm"dan mag'lubiyat - 0:2)

"Qizilqum" 59,1% ("Buxoro"dan mag'lubiyat - 0:2)

"So'g'diyona" – 57,4% ("Navbahor"dan mag'lubiyat - 2:3)


3-tur

"Paxtakor" 66,7% ("Dinamo"dan mag'lubiyat - 0:1)

"So'g'diyona" 65,4% ("Mashal"dan mag'lubiyat - 0:1)

"Xorazm" 59,6% ("Buxoro"dan mag'lubiyat - 1:4)

OKMK – 55,4% ("Qizilqum"dan g'alaba - 3:1)

"Qo'qon-1912" – 53,1% ("Sho'rtan" bilan durang - 0:0)


Natija: ro'yxatdagi 15 ta jamoadan faqat ikkitasi g'alaba qozondi. Aniqrog'i, bittasi – ikki marta OKMK ("Buxoro" ustidan 2:1 va "Qizilqum" ustidan 3:1). Yana uch marta durang qayd etildi. Qolgan 10 ta o'yin esa to'pga raqiblaridan ko'ra ko'proq egalik qilgan jamoalarning mag'lubiyati bilan yakunlangan.

Albatta, to'pga egalik qilishning o'zi ko'p narsani anglatmaydi. Ammo jamoalarning qarshi hujumda va ikkinchi raqam sifatida o'ynashi "trend"ga aylangani ko'rinib turibdi.

Agar raqibga to'pni berib, uni qarshi hujumda tutib olish mumkin bo'lsa, pozicion hujumlarda ayyor usullar qo'llash va harakatlarni mukammallashtirish nima uchun kerak? Ushbu statistikani tahlil qilsak, bu usul samaraliroq ekanligini ko'rishimiz mumkin.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: Championat.asia

Izohlar

Lion Camon
4 apr
Bzda fudbol biznes holos
Rasul M
4 apr
Zaybal qilasanlare ozlaringcha aqillilik qilib maqola chiqarib
Mamurjon Roziboyev
4 apr
Бир тийнга киммат макола ёзибсиз
Mardon Eshmonov
4 apr
Жуда яхши Маколла ёзибди.Бу Албатта Супер Лига жамоаларни бир бири билан булган ракоботни кучайтиради. Муалифга Рахмат.
Bahodir Ergashev
4 apr
Qanaqadur mantiqiy yakun yo'q maqola, chala yozilgandek