

Superliga. 7-tur
"Bunyodkor" – "Neftchi" 0:1
Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov
Yordamchi hakamlar: Shohnur Yo'ldoshev, Baxtiyorxo'ja Shavkatov
Zaxira hakami: Mamurjon Ilhomov
VAR: Ahrol Risqullaev
AVAR: Islom Azimov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Shahzod Xolboev
Gol: 0:1 – 45, Yovan Jokich
🔵"Bunyodkor": 16. Federiko Botti, 4. Najmiddin Normurodov, 17. Muzaffar Olimjonov (11. Sardor Abdunabiev, 78), 19. Narimonjon Ahmadjonov, 6. Boburbek Yo'ldoshev, 23. Asadbek Rahimjonov (7. Shahboz Umarov, 78), 15. Marko Bugarin (47. Sadriddin Hasanov, 46), 66. Azizbek To'lqinbekov, 77. Bilolxon Toshmirzaev (10. Amir To'raqulov, 64), 9. Matiya Krivokapich (8. Dmitriy Pletnyov, 46), 28. Samandarjon Mavlonqulov.
Zaxira: 1. Abdumavlon Abdujalilov, 13. Muhammadjon Hakimov, 14. Shahzodjon Nematjonov, 27. Islom Anvarov.
⚪️"Neftchi": 1. Botirali Ergashev, 2. Izzatillo Po'latov, 20. Anvarjon G'ofurov (S), 4. Boyan Ciger, 34. Farruh Sayfiev, 23. Yovan Jokich, 8. Vladimir Yovovich (77. Ratino, 71), 10. Jamshid Iskanderov (11. Asilbek Jumaev, 82), 7. Abrorbek Ismoilov (6. Ibrohim Xalil Yo'ldoshev, 71), 22. Alisher Odilov (9. Xurshid G'iyosov, 61), 32. Zoran Marushich (18. Stipe Perica, 61)
Zaxira: 45. Akbar To'raev, 21. Muhsin Ubaydullaev, 15. Nurmuhammad Abdug'aniev, 30. Rustambek Fomin.
O'yin yakunlandi.
90+4. G'iyosov yakkama-yakka vaziyatda gol ura olmadi, Botti o'z mahoratini namoyish etdi.
90+1. Pericaning zarbasi darvoza to'siniga tegib, maydonni tark etdi!
90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi.
90. Jumaevning olisdan yo'llagan zarbasini Botti qaytardi.
89. Yo'ldoshev tepgan to'pni Botti egalladi.
2171 nafar tomoshabin bugungi uchrashuvni stadiondan kuzatyapti.
84. Xavfli vaziyat! Yo'ldoshevning zarbasini Botti qaytardi, qaytgan to'pni G'iyosov darvozaga to'g'rilay olmadi!
82. “Neftchi”da o'zgarish.
81. Umarovning burchakdan uzatmasini sherigi zarbaga aylantira olmadi.
78. “Bunyodkor”da ikki o'zgarish.
78. ”Neftchi” qulay imkoniyatdan foydalana olmadi.
75. Iskanderovning burchakdan uzatmasini Botti urib yubordi.
71. “Neftchi”da ikki o'zgarish.
66. Zarba! Iskanderovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.
64. “Bunyodkor”da o'zgarish.
61. “Neftchi”da ikki o'zgarish.
60. Zarba! Odilov chap qanotdan yurish qilib, bir nechta himoyachini aldadi, ammo uning yakuniy zarbasiga aniqlik yetishmadi.
58. Toshmirzaevning o'ng qanotdan uzatasiga hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi.
54. Xavfli vaziyat! Sayfievning yana bir uzatmasidan so'ng Botti raqib hujumini buzdi.
54. Mavlonqulov tepgan to'p Ergashevning qo'llariga borib tushdi.
52. Zarba! Sayfievning uzatmasidan so'ng Ismoilov bosh bilan zarba yo'lladi, Yo'ldoshev to'pni qaytardi.
48. Ismoilovning zarbasi noaniq.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. “Bunyodkor”da ikki o'zgarish.
Taym yakunlandi.
45. GOL! Taym so'ngida "Neftchi" hisobni ochdi! Jokich Iskanderovning uzatmasini dastlab sheriklariga uzatishga urindi, so'ngra himoyachilardan qaytgan to'pni kuchli zarb bilan darvoza to'riga joyladi!

44. Yana bir hujum, Toshmirzaev to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
43. “Neftchi”da yana bir hujum. O'ng qanotdan oshirilgan to'pni Botti egalladi.
41. “Neftchi” kombinacion hujum tashkillashtirdi, so'nggi pallada Toshmirzaev ishonchli harakat qildi.
38. Zarba! Toshmirzaev raqib jarima maydoniga kirib, chap oyoqda zarba yo'lladi, to'p himoyachidan maydonni tark etdi.
36. Jokichning olisdan yo'llagan zarbasi noaniq.
34. Zarba! O'ng qanotdan uzatmani yakunlashda raqib jarima maydonida turgan Po'latovga biroz aniqlik yetishmadi.
31. To'lqinbekovning olisdan yo'llagan zarbasi noaniq.
29. Normurodov o'ng qanotdan uzatmani maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
27. Toshmirzaevning uzatmasini Ciger maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
25. Zarba! Botti Ismoilov bilan birga-bir vaziyatda qahramonlik ko'rsatdi.
24. Abdusalomov G'ofurovni aldab o'tishga urinib ko'rdi, lekin uddasidan chiqa olmadi.
21. Zarba! Iskanderov tepgan to'pni Botti qaytardi, qaytgan to'pni Normurodov tepib yubordi.
20. Abdusalomov qo'l bilan o'ynadi. Standart vaziyat.
19. Burchak to'pi kombinacion tarzda boshlandi va Iskanderovning xavfli zarbasi bilan yakunlandi, Jamshidga biroz aniqlik yetishmadi.
18. Sayfiev chap qanotda kattta tezlikda oldinga borib, zarba yo'lladi, Botti qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.
15. Zarba! Mavlonqulovning raqib jarima maydonida chap oyoqda yo'llagan zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi. Qolaversa, u ofsaydda qolgan ekan.
14. “Neftchi”ning o'ng qanotdan uzatmasi Odilovning zarbasi bilan yakunlandi, ammo Yo'ldoshev to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.
10. O'ng qanotda Abror Ismoilov chiroyli tarzda dog'da qoldirib, markaz tomon pas berdi, ammo Boburbek Yo'ldoshev hushyorlikni boy bermadi.
7. Burchak uzatmasini Sayfiev bartaraf etdi.
6.Abdusalomovning chap qanotdan uzatmasi yo'liga Po'latov to'g'anoq bo'ldi.
5. To'lqinbekov olisdan oldinga chiqib ketgan Ergashevni jazolamoqchi bo'ldi, zarba noaniq.
4. Yovovich kross pas orqali Ismoilovni oldinga boshladi, ammo uzatma yana noaniq.
3. Yovovich Odilovni olg'a boshladi, “Neftchi” vingeri to'pga eta olmadi.
1. Mezbonlar ilk hujumni chap qanotdan tashkillashtirdi, ammo yakunda Krivokapich to'pni maydonda saqlab qola olmadi.
1. O'yinni mezbonlar boshladi.


Jamoalar maydonga chiqishdi. “Bunyodkor” to'q ko'k, “Neftchi” oq-qora liboslarda o'ynaydi.



