Superliga. "Buxoro" o'z uyida "Qizilqum"dan ustun keldi

Narzulla Saydullayev
9 apr 2026
Superliga 6-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Qizilqum" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Superliga, 6-tur

“Buxoro” - “Qizilqum” 2:0

Buxoro. “Buxoro” futbol akademiyasi stadioni. 19:00

Hakamlar: Jasur Muxtorov, Islom Azimov, Sherzod A'zamov, Mamurjon Ilhomov

VAR: Akobirxo'ja Shukurullaev

AVAR: Baxtiyorxo'ja Shavkatov

Nazoratchi: Viktor Serazitdinov

Komissar: Bekzod Aripov.

Gollar: Javohir Ro'ziev 21, - 1:0. Vladmiir Rodich 59, - 2:0 (Shahzod Ubaydullaev).

“Buxoro”: 12.Umidjon Hamroev, 2.Velko Filipovich, 6.Ravshan Xayrullaev, 7.Xurshidbek Muxtorov, 10.Shahzodbek Ubaydullaev, 11.Timur Mamasidiqov, 17.Javohir Ro'ziev (8.Anvarjon Jo'raev, 61), 25.Sherzod Esanov (22.Asadbek Jo'raboev, 86), 30.Boyan Mladovich, 78.Vladimir Rodich (88.Dominik Begich, 61), 97.Shahboz Jo'rabekov.

Zaxira: 1.Shirinboy Abdullaev, 4.Nodir Ahmadjonov, 5.Sardor Qulmatov, 9.Nika Kacharava, 42.Kirill Todorov, 77.Asilbek Qayyumov, .

"Qizilqum": 1.Farhod Rahmatov, 4.Ilhomjon Vahobov (44.G'iyosjon Rizaqulov, 75), 8.Shahzod Rahmatullaev, 11.Oleksiy Shebetun, 14.Alisher Shukurov (9.Shahzod Turopov, 46), 15.Nikola Kumburovich, 23.Samandar Shukurullaev, 31.Jambuli Jigauri (17.Akmal Muzaffarov, 84), 34.Grigol Chabradze, 70.Shohruz Norxonov (21.Muhammadaziz Ibrohimov, 84), 77.Diyor Raxmatilloev (7.Fayzullobek Jumanqo'ziev, 67).

Zaxira: 99.Humoyunshoh Sayyotov, 19.Ilhom Kenjaev, 20.Bobomurod Bozorov, 30.Ozodbek Mo'ydinov, .

Ogohlantirishlar: Javohir Ro'ziev 47, Vladimir Rodich 50, Shahzod Turopov 65, Fayzullobek Jumanqo'ziev 83.

MATNLI TRANSLYATSIYA

90+5. O'yin tugadi, “Buxoro“ - “Qizilqum“ 2:0

90+5. Zarba! Xayrullaevning zarbasidan keyin Rahmatov to'pni egallab oldi.

90+2. “Qizilqum“ oxirgi daqiqalarda hujumkorlikni oshirdi, Shchebetunning zarbasi himoyachiga tegib maydonni tark etdi. Ibrohimovning zarbasi esa ancha noaniq ketdi

90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shildi

89. ZARBAAAAA! Ibrohimovning chap qanotdan uzatgan to'pini Chabradze o'ng tomondan darvozaga yo'lladi, Hamroevdan superseyv!

86. O'zgarish. “Buxoro“. Esanov o'rniga Jo'raboev tushdi

84. O'zgarishlar. “Qizilqum“. Norxonov va Jigauri o'rniga Ibrohimov va Muzaffarov tushdi

83. Ogohlantirish. “Qizilqum“. Fayzullobek Jumanqo'ziev

75. O'zgarish. “Qizilqum“. Vahobov o'rniga Rizaqulov tushdi

69. Zarba! Turopovning zarbasi noaniq ketdi

67. O'zgarish. “Qizilqum“. Rahmatilloev o'rniga Jumanqo'ziev tushdi

61. O'zgarishlar. “Buxoro“. Ro'ziev va Rodich va Jo'raev va Begich tushdi

59. GOL! VLADIMIR RODICH! 2:0. Mamasidiqov-Ubaydullaev-Rodich kombinaciyasi gol bilan tugadi.

50. Ogohlantirish. “Buxoro“. Vladimir Rodich

47. Ogohlantirish. “Buxoro“. Javohir Ro'ziev

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarish. “Qizilqum“. Shukurov o'rniga Turopov tushdi

45+1. Birinchi taym tugadi, hozircha 1:0

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi

43. ZARBA! Chabradzening zarbasidan keyin Hamroev to'pni qaytardi

40. ZARBA! Shchebetunning zarbasi yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi.

31. Xavfli vaziyat! O'ng qanotdan jarima maydoniga uzatilgan to'pni Rodich boshi bilan zarba berdi, o'ta noaniq

26. UXXX! ZARBA! Rahmatullaevning burchakdan uzatgan to'pini Shchebetun boshi bilan darvozaga yo'lladi, Hamroevdan yana bir seyv!

21. GOL! JAVOHIR RO'ZIEV! 1:0. Rodichning chiroyli uzatmasidan keyin Mamasidiqov darvozaga zarba berdi, Rahmatov seyv qildi, Ro'ziev yaqin masofadan gol urdi!

8. Xavfli vaziyat! Esanovning to'p uzatishidan keyin Ubaydullaev birga bir vaziyatga chiqib zarba berdi, noaniq. Undan tashqari ofsayd ham bor ekan

5. UXXX! Xavfli vaziyat! Rahmatullaev burchakdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, “Buxoro“ himoyachisig tekkan to'p darvozaga bordi, Umidjon Hamroev o'z o'rnida!

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Championat.asia