Superliga. Metallurg mavsumdagi ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritib, elitada qolish imkoniyatini saqlab qoldi

Alisher
24 nov 2024
Birozdan so'ng Superliga 25-tur doirasidagi "Metallurg" - "Surxon" o'yini yakunlandi.

"Metallurg" - "Surxon" 1:0 LIVE

Gol: 52 - Oleksandr Kucherenko (Kerim Palich)

Bosh hakam: Ahrol Riqullaev

Yordamchi hakamlar: Ziyodullo Abdurahmonov, Anvar Marajabov

To'rtinchi hakam: Umid Nutfulloev

VAR: Ilgiz Tantashev

AVAR: Alisher Rahimqulov

Nazoratchi: Jahongir Saidov

Komissar: Shohrux Said

"Metallurg": 35. Rahimjon Davronov, 2. Odilbek Abdumajidov, 4. Kerim Palich, 5. Oleksandr Kucherenko, 8. Iskandar Shayqulov (6. Xudoyshukur Sattorov,86), 9. Zabihillo O'rinboev (s) ( 7. Asadbek Sobirjonov, 79), 11. Daler Sharipov, 15. Azizbek Pirmuhammadov, 22. Shahzodbek G'ofurbekov, 25. Shahzodjon Nematjonov (14. Abrorbek Toshqo'ziev, 46), 31. Marko Milichkovich (88. Sirojiddin Qo'ziev, 90).

Zaxira: 87. Akmal Ortiqov, 24. Davronbek Hoshimov, 33. Ivan Yosovich, 77. Alisher Xayrullaev, 98. Balsa Sekulich.

"Surxon": 1. Artyom Potapov, 4. Nodirxon Nematxonov, 5. Jamaldin Xojaniyazov, 7. Dostonbek Tursunov (19. Muhammad-Ali Abdurahmonov, 67), 8. Humoyun Sherbo'taev, 10. Dmitriy Pletnev, 11. Abdug'afur Haydarov, 17. Jahongirbek Abdusalomov (s), 22. Javohir Jo'raev (3. Sunnatulloh Hamidjonov, 67), 27. Asilbek Jumaev (77. Asadbek Karimov,36), 66. Behruz Shaydulov.

Zaxira: 16. Dilshod Yo'ldoshev, 6. Behzod Shamsiev, 14. Sarvar Abduhamidov, 15. Diyor Ramozonov, 23. Egor Krimec,  99. Komron Saydazimov.

Ogohlantirish: 4 - Odilbek Abdumajidov, 30 -  Asilbek Jumaev, 90 - Kerim Palich


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

Hakam ikkinchi bo'limga sakkiz daqiqa qo'shib berdi

86. Sattorov Shaydulovning o'rniga maydonga tushdi

82. Abdusalomovning kuchli zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

79. Sobirjonov O'rinboevning o'rniga maydonga tushdi

73. Davronovdan super seyv. Jamaldin Xojaniyazovning chalqancha yo'llagan zarbasini mezbonlar darvozaboni qiyinchilik bilan qaytardi

71. Toshqo'ziev darvozabon bilan birga bir chiqdi va zarba yo'lladi. Potapovdan super seyv

70. Abdurahmonovning kuchli va aniq zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi

67. Abdurahmonov va Hamidjonov maydonga tushdi, ular Jo'raev va Tursunovning o'rniga maydonga tushdi

63. G'ofurovning zarbasi juda sekin chiqdi va darvozabon uni qiyinchiliksiz ushlab oldi

54. Haydarov hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Uning zarbasi ustunga tegdi

52. GOOOL. Oleksandr Kucherenko Palichning zarbasini darvozaga joylab qo'ydi

46. Toshqo'ziev Nematjonovning o'rniga maydonga tushdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

Hakam birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berdi

42. Birinchi bo'limda Zabihullo O'rinboev juda yaxshi harakat qilmoqda

36. O'zgarish: Jumaevning tajavuzkor harakatlari murabbiylarga yoqmadi va uning o'rniga Karimov maydonga tushdi

30. Asilbek Jumaev hakam tomonidan ogohlantirildi

29. Zabihullo O'rinboev to'pni ajoyib tarzda to'xtatdi va zarba yo'lladi. Biroq zarba ancha sekin bordi va to'pni Potapov qiyinchiliksiz ushlab oldi

23. Mehmonlarning ilk zarbasi juda noaniq ketdi

15. Zabihullo uzoqdan zarba yo'llashda davom etmoqda. Biroq ozgina aniqlik etishmadi

13. Mezbonlardan navbatdagi hujum. Bekobodliklar sardorining yo'llagan zarbasini darvozabon ushlab oldi

8. Mezbonlar uchrashuvni hujumkor boshladi. Bu safar O'rinboevning zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

4. Uchrashuvdagi ilk sariq kartochkani mezbonlar himoyachisi Odilbek Abdumajidov oldi

2. Qanotdan uzatilgan ajoyib uzatmadan so'ng Nematjonov boshi bilan zarba yo'lladi, biroq noaniq

UCHRASHUV BOSHLANDI!


AlisherMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

HAVASKOR JURNALIST
24 nov 2024
Zabi, Daler, Neʼmatjonov hujumchilar uchligi yoradi bugun, ammo o'ziga bogʻliq emasday baribir
Dilmurod Umarov
24 nov 2024
Ikkala jamoaga ham omad,kuchlisi g'alaba qozonsin
Alisher Abdurahimov
24 nov 2024
Hamma jamoaga omad hammaga omad yor bo‘lsin blat paxta qo‘yish
UmiD Aliev
24 nov 2024
1-0 ekan Surxon yana comeback qiladimikan?
Elyor Haydarov
24 nov 2024
Мен хам иккала жамога хам омад тилайман. ИСКАНДАР шайхуловга СОГЛИК тилайман ва унга бефарх эмасм ан СУГДИАНА да уйнаган да кандай уйни очилайатган ЭДИ узини хор КИЛДИ Новбохор га утиб
La Masia
24 nov 2024
Локо-Нефтчи у́йини хал килади ким колишини
Soccerland777
24 nov 2024
Росса соққабозлик бўляпти а?
Shurchidan
24 nov 2024
To‘g‘ri mavsum ohiri, kimgadir ochko zarur kimgadir uncha zarurmas. Lekin mavsum boshida ham ohirida ham chempionatimiz mana shu o‘yin tarzi, mana shu 1-0 hisobiga zerikarli o‘yinlarga doriga o‘tirb qoganday o‘rganib qogan, qon qoniga singib ketgan. Ayb kimda bilmayman. Lekin sharoyitdan kelib chiqsak, hech bo‘masa iqtidorlarni ochib beradigan chempionat qisak bo‘lardi. Dunyo skautlarini jalb qisada o‘yinlar. O‘zgarishlar bo‘b qolar, kutaveramiz. O‘zgartish bo‘masayam nima derdik, o‘sha mashhur gap- bir gap bo‘lar.
Abdusalom Mirzayev
24 nov 2024
Февзи Давлетов узоқ муддат Металлургда ёрдамчи мураббий бўлиб ишлаган, бугунги мағлубиятга ушбуфактлрни алоқаси борми йўқми билмадим.
mirzabekkkkkkkkkkkkkkm
24 nov 2024
Tochna kelishilgan o'yin boshqa tarif yo'q