Superliga. "Navbahor" o'z uyida uchinchi marta durang o'ynadi, "So'g'diyona" mehmonda uchinchi bor murosa ko'chasini tanladi

Sherzod Nurmatov
7 aug 2025
"Navbahor" va "So'g'diyona" bugunga qadar Superligada 17 o'yin o'tkazishga ulgurdi.

Namanganning "Navbahor" jamoasi shu paytga qadar 4 ta durangni rasmiylashtirdi. Shulardan 3 tasi uyda qo'lga kiritildi. Namanganliklar ilk turda "Dinamo" bilan murosa ko'chasini tanlagan (0:0) bo'lsa, 3-turda "Andijon" bilan jangovar durang qayd etilgan (2:2), 17-tur uchrashuvida esa "So'g'diyona" bilan 1:1 o'ynadi. Shu tariqa, Sergey Lushchan uyidagi mag'lubiyatsiz seriyani davom ettirdi (6 g'alaba, 3 durang).

Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi umumiy 5 ta durangga erishgan. Shulardan 3 tasi safarda qayd etilgan. Bular – "Dinamo" (1:1), "Qizilqum" (0:0) va "Navbahor" (1:1). Ivan Boshkovich jamoasi mehmonda g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda – 6 mag'lubiyat, 3 durang.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: Championat.asia

Izohlar