Superliga. "Neftchi" "Qizilqum" bilan o'yinning so'nggi daqiqasida g'alabani qo'ldan chiqardi

Sherzod Nurmatov
6 may 2024
Superliga 6-turidan o'rin olgan "Qizilqum" – "Neftchi" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Superliga

6-tur

"Qizilqum" – "Neftchi" 1:1 (TUGADI)

6 may. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 18:00

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Andrey Capenko, Timur Gaynullin, Zokir Sapoev

VAR: Nayim Qosimov

AVAR: Elnur Doniyorov

Nazoratchi: Nabijon Ro'zimov

Komissar: Rustam Zuparov

Gol: Shohruz Norxonov 23, 0:1, Shahboz Jo'rabekov, 90+3 1:1

"Qizilqum": 12.Roberts Ozols, 7.Davron Anvarov (10.Elguja Lobjanidze,61), 8.Giorgi Kuxianidze, 11.Akaki Shulaya, 13.Nikolay Tarasov, 17.Muhammadali G'iyosov, 25.Azizbek Usmonov, 27.Shahboz Jo'rabekov, 37.Sherzod Fayziev (79.Diyor Raxmatilloev, 83), 71.Jamoliddin Ubaydullaev ( 4.Ilhom Vahobov,73), 77.Fayzullobek Jumanqo'ziev (23.Samandar Shukurullaev, 46)

Zaxira: 1.Humoyunshoh Sayyotov, 9.Humoyun Abdualimov,  14.Fayzulla Qambarov, 22.Shahzod Rahmatullaev, 99.Asadbek Asadov.

"Neftchi": 35.Sanjar Quvvatov, 4.Boyan Ciger, 8.Katalin Karp, 10.Shohruz Norxonov (77.Bilolxon Toshmirzaev,65), 11.Javohir Qaxramonov (24.G'ulomhaydar Gulyamov, 65 (17.Sanjar Qodirqulov,), 14.Xurshid Muxtorov, 19.Mirzohid G'ofurov (55.Manuchehr Safarov, 46), 20.Anvar G'ofurov, 23.Diyor Turopov, 70.Abbos G'ulomov, 99.Effiong Nsungusi (18.Mixay Roman, 85)

Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 2.Zoir Jo'raboev, 3.Jaloliddin Jumaboev,  21.Muhsin Ubaydullaev, 

Ogohlantirish: Manuchehr Safarov ("Neftchi") 59, G'ulomhaydar G'ulomov ("Neftchi") 70, Ilhom Vahobov ("Qizilqum") 90+6


MATNLI TRANSLYACIYA


Uchrashuv yakunlandi. 

90+6. OGOHLANTIRISH. "Qizilqum", Ilhom Vahobov

90+3. GOL. "Qizilqum" so'nggi daqiqalarda hisobni tenglashtirdi. Shahboz Jo'rabekov jamoasini qiyin vaziyatdan olib chiqib ketdi. 

90. O'ZGARISH. "Neftchi", G'ulomhaydar G'ulomov jarohat oldi, uning o'rniga Sanjar Qodirqulov tushdi. 

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi. 

85. O'ZGARISH. "Neftchi", Nsungussi Efiong o'rniga Mixay Roman tushdi. 

83.  O'ZGARISH. "Qizilqum", Sherzod Fayziev o'rniga Diyor Rahmatilloev tushdi. 

80. "Qizilqum" so'nggi daqiqalarda bosimni oshirdi. 

77. ZARBA. Jo'rabekovning kuchli zarbasini darvoza to'sini qaytardi. Kuchli zarba. 

73. ZARBA. "Qizilqum", Elguda Lobjanidzening zarbasini Quvvatov qiyinchilik bilan qaytardi. Xavfli vaziyat!

70. OGOHLANTIRISH. "Neftchi", G'ulomhaydar G'ulomov

65. O'ZGARISH. "Neftchi", Javohir Qahramonov o'rniga G'ulomhaydar G'ulomov, Shohruz Norxonov o'rniga Bilol Toshmirzaev tushdi. 

63. ZARBA. Nsungussi Effiong qulay imkoniyatni qo'ldan boy berdi. U birga bir vaziyatda noaniq zarba yo'lladi.

61. O'ZGARISH. "Qizilqum", Davron Anvarov o'rniga Elguja Lobjanidze tushdi. 

59. OGOHLANTIRISH. "Neftchi", Manuchehr Safarov

53. "Neftchi"dan ketma ket hujumlar. Nsungusiga hozirgi vaziyatda aniqlik etishmadi. 

46. O'ZGARISH. "Neftchi", Mirzohid G'ofurov o'rniga Manuchehr Safarov tushdi. 

46. O'ZGARISH. "Qizilqum", Fayzullo Jumanqo'ziev o'rniga Samandar Shukrullaev tushdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus

45+4. Jamoliddin Ubaydullaevning qaychi uslubdagi zarbasi noaniq ketdi. 

45+4. Navoiyliklar bosh murabbiyi Jamshid Saidovga sariq kartochka ko'rsatildi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

41. "Qizilqum" raqib darvozasiga yo'l topishga yaqin kelgandi. Jarima maydonchasi ichiga tashlab berilgan to'pni Muhammadali G'iyosov boshi bilan darvozaga yo'llay olmadi. 

33. "Qizilqum" hisobni tenglashtirish uchun ustunlikni qo'lga olmoqda. Lekin mehmonlar tartibli himoyalanmoqda. 

23. GOL. "Neftchi" jamoasi uchrashuvda hisobni ochdi. Shohruz Norxonov Tarasovdan kelgan to'pni darhol qabul qilib olib aniq zarba bilan raqib darvozasi to'rini titratdi. 

18. "Neftchi"dan xavfli hujum. O'ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga uzatib berilgan to'pni 

15. ZARBA. Ketelin Karpning 25 metrlardan yo'llagan zarbasini "Qizilqum" posboni ushlab oldi. 

9. To'p nazorati "Neftchi" tomoniga o'tdi.

4. Ilk daqiqalardan jamoalar teng o'yin ko'rsatmoqda. 

- O'yinga start berildi. 

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. Barcha narsa tayyor!

- Uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qoldi. 


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: Championat.asia

Izohlar

Ulugbek....
6 may 2024
Boshlandi
Rustambek Nabijonov
6 may 2024
Toʻgʻrisi oʻyinni koʻrib ketgan 90 daqiqa voqimga achindim Neftchi umuman oʻziga oʻxshamayabdi essiz shuncha transfer ximoyaga yotib olib balo bormi bir tuzil oʻynayabsan xujum qilmaysanmi bu oʻyini bilan kuchli 3 lildan ham tushib ketadi
Шерзод. М
6 may 2024
Латтавошилар ничяга хурсанд))))
БАХА ХАМИДУЛЛАЕВ (фанати)
7 may 2024
Чемпион бумокчи каманда бунака уйнамедида Энди
doctor.u
7 may 2024
Бу таркиб ўтган йилгидан кучли йеғилган бўлсада, ўйин жихатдан ўта ишончсиз, пала партиш югуришлар, мақсадсиз тепиб юбориш, хуллас ўйин қуриш тактик ишланмалар яхши эмас.Бу кетишда натижа қилиш жуда қийин ўзгариш керак хали вақт бор
Абдугаффор . N
6 may 2024
Нефтчи чемпион!!!
Aziz Neftchi Fergana
6 may 2024
Olg'a Neftchi xudo xoxlasa yirik g'alaba bilan qaytinglar
Азим Исмаилов
6 may 2024
Дупписи блр Норчаев кани
Oyatulloxon
6 may 2024
Neftchi g'alaba bilan qaytish nasib qilsin
Нефтчи ФК
6 may 2024
Гоооооооооо́ол.Норхонов.
Ko'proq ko'rsatish