Superliga. Qarshidagi oqshomda "Qizilqum" mezbon sifatida tarixda ilk bor "Paxtakor"ni yutdi

Aslanov Jasurbek
26 oct 2024
"Qizilqum" hamda "Paxtakor" o'rtasida o'tkaziladigan Superliganing 22-tur uchrashuvi bo'lib o'tdi.

26.10.2024 
"Qizilqum" - "Paxtakor" 2:0
Bosh hakam
: G'ayrat Jo'raev
Yordamchilar: Amir Galeev, Husan Xudoyberdiev
Zaxira hakami: Mamur Ilhomov
VAR hakami: Akmal Rahimov
AVAR: Edita Mirobidova 

Gol: Elguja Lobjanidze (Muhammadali G'iyosov) 10, 1:0, Muhammadali G'iyosov  (Davron Anvarov) 88, 2:0

"Qizilqum": 1.Humoyunshoh Sayyotov, 4.Ilhomjon Vahobov, 6.Asror G'ofurov, 8.Giorgi Kuxianidze ( 7.Davron Anvarov, 57), 10.Elguja Lobjanidze (77.Fayzullobek Jumanqo'ziev, 46) 11.Akaki Shulaya, 13.Nikolay Tarasov, 14.Fayzulla Qambarov, 17.Muhammadali G'iyosov, 22.Shahzodbek Rahmatullaev ( 20.Bobomurod Bozorov, 84), 79.Diyor Rahmatilloev (71.Jamoliddin Ubaydulloev, 57)

Zaxira: 21.Jahongir Mamatqulov, 2.Farruh Jo'raev,9.Humoyun Abdualimov, 18.Baxtiyorjon Qosimov,99.Asadbek Asadov.

"Paxtakor": 35.Pavel Pavlyuchenko, 3.Shahzod Azmiddinov (2.Behruzbek Asqarov, 73), 4.Abdulla Abdullaev, 7.Xojiakbar Alijonov, 10.Dragan Cheran, 17.Dostonbek Hamdamov, 23.Abdurauf Bo'riev (9.Ibrohim Ibragimov,  83), 27.Sardor Sobirxo'jaev, 44.Mahmudjon Mahammadjonov (11.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 46), 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 99.Ulug'bek Hoshimov (33.Doniyor Abdumannopov, 73)

Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 6.Muhammadali O'rinboev, 15.Diyorbek Ortiqboev,  40.Kimi Merk, 77.Dilshod Saitov.


MATNLI TRANSLYACIYA


Uchrashuv yakunlandi. 

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. GOL. Muhammadali G'iyosov "Paxtakor" darvozasiga yo'l topdi. Hisob esa 2:0, "Qizilqum" oldinda. Tarixiy natija yaqin. 

86. Akaki Shulayaning kutilmaganda yo'llagan zarbasini Pavlyuchenko qaytarib yubordi. 

84. O'ZGARISH. "Qizilqum", Shahzod Rahmatullaev o'rniga Bobomurod Bozorov tushdi.

83.  O'ZGARISH. "Paxtakor", Abdurauf Bo'riev o'rniga Ibrohim Ibragimov tushdi.

79. Doston Hamdamovdan kuchli zarba, "Qizilqum" posboni bu vaziyatda seyv ijro etdi.

73. O'ZGARISH. "Paxtakor", Shahzod Azmiddinov o'rniga Behruz Asqarov, Ulug'bek Hoshimov o'rniga Doniyor Abdumannopov tushdi.

65. "Paxtakor" darvozasi oldida xavfli vaziyat. Muhammadali G'iyosov o'z uslubida kirib borib zarba berdi. Pavlyuchenko to'pni qaytardi. 

57. O'ZGARISH. "Qizilqum", Giorgi Kuxianidze o'rniga Davron Anvarov, Diyor Rahmatilloev o'rniga Jamoliddin Ubaydullaev tushdi. 

46. O'ZGARISH. "Qizilqum", Elguja Lobjanidze o'rniga Fayzullobek Jumanqo'ziev tushdi.

46. O'ZGARISH. "Paxtakor", Mahmud Mahamadjonov o'rniga Po'latxo'ja Xoldorxonov tushdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Tanaffus

45+2. "Paxtakor"dan keskin xujum. Doston Xamdamovning zarbasi golga aylanmadi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

41. To'p nazorati "Paxtakor" tomonida, 43-57 %

31. Uchrashuvda temp yuqori emas. 

22. "Qizilqum" Superliga doirasida hali uyda "Paxtakor"ni yutmagan. 

14. "Paxtakor" xavfli vaziyat yaratdi. Cheranning uzatmasidan so'ng Hoshimov qulay imkoniyatga chiqib borgandi. 

10. GOL. "Qizilqum" jamoasi uchrashuvda hisobni ochdi. Muhammadali G'iyosov o'ng qanotdan raqib jarima maydonchasi ichiga kirib keldi va to'pni Elgujaga uzatda, u osonlikcha "Paxtakor" darvozasini ishg'ol qildi.

4. Ilk daqiqalardan maydonda tengkurash kechmoqda. 

- O'yinga start berildi. 

- Jamoalar maydonga chiqib keldi.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Кодир
26 oct 2024
Ютасанми ютказасанми борингча яхши кураман ишкибозлик киламан Пахтакорим канака кийин холатларди бошингдан утказмадинг тарихингда хамма сандан воз кечиб кетсаям бир узим колсамам ишкибозлик киламан олга Пахтакор омадингди берсин
Мардонбек Муратбеков
26 oct 2024
El classico 12 damasmidi
Dilmurod Umarov
26 oct 2024
Paxtakor jamoasiga omad,yirik hisobdagi g'alaba kutib qolamiz
Шерзод Икромов
26 oct 2024
Кизилкум галаба муборак. Пахтакор стадионига якинда пахта сити курилиши бошланади
Haqiqat-2
26 oct 2024
Хатони каранг, МТЖнинг собик Собирхужаев, хозирги Абдуллаев ва номзод Азмиддинов футболчиларини ахволини!!! Бунака нозик оеклари билан футбол уйнаб юриши яхшимас.