"So'g'diyona" mavsumdagi ilk g'alabasini Navoiyda qo'lga kiritdi, "Qizilqum"da ketma-ket 4 ta mag'lubiyat

Narzulla Saydullayev
13 apr 2026
Superliga 7-turidan joy olgan "Qizilqum" - "So'g'diyona" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Superliga, 7-tur

"Qizilqum" – "So'g'diyona" 1:3 LIVE

Navoiy. “Yoshlar” sport majmuasi. 20:15

Hakamlar: Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Muhammadali Baxtiyorov

VAR: Nayim Qosimov

AVAR: Elnur Doniyorov

Nazoratchi: Timur Galeev

Komissar: Diyor Xotamqulov

Gollar: Lyupcho Doriev 29, - 0:1. Feysal Mulich 41, - 0:2 (Lyupcho Doriev). Otabek Jo'raqo'ziev 61, - 0:3. Samandar Shukurullaev 71, - 1:3 (Diyor Rahmatilloev).

"Qizilqum": 1.Farhod Rahmatov, 7.Fayzullobek Jumanqo'ziev (19.Ilhom Kenjaev, 87), 8.Shahzod Rahmatullaev, 9.Shahzod Turopov, 11.Oleksey Shebetun, 15.Nikola Kumburovich, 20.Bobomurod Bozorov (70.Shohruz Norxonov53), 31.Jambuli Jigauri (21.Muhammadaziz Ibrohimov, 46), 34.Grigol Chabradze (23.Samandar Shukurullaev, 13), 44.G'iyosjon Rizaqulov, 77.Diyor Raxmatilloev.

Zaxira: 72.Jahongir Mamatqulov, 6.Murodali Usmonov, 14.Alisher Shukurov, 17.Akmal Muzaffarov, 30.Ozodbek Mo'ydinov.

"So'g'diyona": 1.Shohruh Isoqov, 2.Zoir Jo'raboev, 3.Islom Qobilov, 4.Otabek Ahadov, 9.Feysal Mulich (29.Amirbek Saidov, 90+3), 11.Otabek Jo'raqo'ziev (8.Suhrob Izzatov, 86), 13.Filip Ivanovich, 14.Lyupcho Doriev (10.Javohir Qahramonov, 81), 17.Ollabergan Karimov, 32.Nodirjon Soyibov (42.Sardorbek Erkinov, 90+3), 70.Jasur Jaloliddinov (21.Tohirbek To'xtasinov, 46).

Zaxira: 18.Nikola Mirkovich, 7.Aleksandr Bolevich, 22.Abdulazizxon Abdurashidov, 77.Oybek Nurmatov.

Ogohlantirishlar: Nodirjon Soyibov 14, Jasur Jaloliddinov 44, Ollobergan Karimov 53, G'iyosjon Rizaqulov 89,

MATNLI TRANSLYATSIYA

90+5. O'yin tugadi! “Qizilqum“ - “So'g'diyona“ 1:3.

90+3. O'zgarishlar. “So'g'diyona“. Mulich va Soyibov o'rniga Saidov va Erkinov tushdi

90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shildi

89. Ogohlantirish. “Qizilqum“. Rizaqulov

87. O'zgarish. “Qizilqum“. Jumanqo'ziev o'rniga Kenjaev tushdi

86. O'zgarish. “So'g'diyona“. Jo'raqo'ziev o'rniga Izzatov tushdi

81. O'zgarish. “So'g'diyona“. Doriev o'rniga Qahramonov tushdi

81. ZARBA! Burchak to'pidan keyin yana Shukurullaev boshi bilan zarba berdi, noaniq

77. ZARBA! Rizaqulovning uzoqdan tepgan zarbasidan keyin Isoqov to'pni qaytardi!

71. GOL! SAMANDAR SHUKURULLAEV! Chap qanotdan Rahmatilloev uzatgan to'pni Shukurullaev boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:3.

67. Zarba! O'ngdan Jo'raqo'ziev uzatgan to'pni Mulich jarima maydoni yonidan darvozaga yo'lladi, Rahmatov o'z o'rnida

61. GOL! OTABEK JO'RAQO'ZIEV. Himoyadagi pala-partishlikdan keyin Jo'raqo'ziev hisobni yiriklashtirdi - 0:3.

53. Ogohlantirish. “So'g'diyona“. Ollobergan Karimov

53. O'zgarish. “Qizilqum“. Bozorov o'rniga Norxonov tushdi

52. ZARBAA! Jo'raqo'zievning zarbasidan keyin Rahmatov to'pni qaytardi!

51. Xavfli vaziyat! Jo'raqo'zievning jarima maydoni ichidan tepgan zarbasi yo'liga Rizaqulov to'g'anoq bo'ldi

49. ZARBAAAA! Turopovning kuchli zarbasidan Isoqov chiyroli seyv namoyish etdi!

46. O'zgarish. “So'g'diyona“. Jaloliddinov o'rniga To'xtasinov tushdi

46. O'zgarish. “Qizilqum“. Jigauri o'rniga Ibrohimov tushdi

45+1. Birinchi taym tugadi, hozircha 0:2.

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi

45. Xavfli vaziyat. Mulich jarima maydoni ichiga kirib zarba bermoqchi bo'ldi, Kumburovich to'pni qaytardi.

44. Ogohlantirish. “So'g'diyona“. Jasur Jaloliddinov

41. GOL! FEYSAL MULICH! 0:2. Dorievning chiroyli va aqlli uzatmasidan keyin Mulich birga bir vaziyatga chiqib gol urdi.

39. “Qizilqum“da jarima to'pi, Jigauri uzatgan to'pni Rizaqulov darvozaga noaniq yo'lladi

29. GOL! LYUPCHO DORIEV! Bozorovning o'ta qo'pol xatosidan keyin Doriev birga bir vaziyatda gol urdi - 0:1.

21. ZARBAAAA! Feysal Mulichning jarima maydoni chizig'idan yo'llagan zarbasidan keyin Isoqov to'pni ushlab oldi

14. Ogohlantirish. “So'g'diyona“. Nodirjon Soyibov

13. O'zgarish. “Qizilqum“. Chabradze o'rniga Shukurullaev tushdi

7. Xavfli vaziyat! Burchakdan uzatgan to'pni Filip Ivanovich darvozaga yo'lladi, to'p himoyachiga tegib qaytdi

3. ZARBA! Diyor Rahmatilloevning chap qanotdan uzatgan to'pini Aleksey Shchebetun boshi bilan raqib darvozasiga yo'lladi, noaniq

1. O'YIN BOSHLANDI!

- O'yin soat 20:15da boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Championat.asia