Superliga. "Surxon" Termizda "Xorazm"ga mag'lub bo'ldi

Iskandarov Abdulaziz
16 mar 2025
Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Xorazm" uchrashuvi boshlandi.

"Surxon" - "Xorazm" 0:2 TUGADI

16.03.2025

Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov

Yordamchi hakamlar: Ruslan Samandarov, Amal Sultonov

Zaxira hakami: Shohinur Boymatov

Nazoratchi: Oleg Dachev

VAR: Ibrohim Ismailov

AVAR: Aleksandr Sidorov

Komissar: Bekzod Aripov

Gol: Humoyunmirzo Iminov 10, 0:1, Sunnatulla Abdullajonov 32, 0:2

Gol urilmagan penalti: Sunnatulla Abdullajonov 90+1 (noaniq)

"Surxon": 16. Dilshod Yo'ldoshev, 2. Behruzjon Karimov (9.Kirill Kolesnichenko, 46) 3. Sunnatulloh Hamidjonov, 5. Jamaliddin Xojaniyazov, 6. Behzod Shamsiev (4.Nodirxon Nematxonov, 46) 7. Dostonbek Tursunov, 10. Dmitriy Pletnev, 17. Jahongirbek Abdusalomov, 18. Nodirbek Abduxalikov, 19. Muhammad-Ali Abdurahmonov (11.Abdug'afur Haydarov,46) 99. Sunnatilla Poyonov (27.Asilbek Jumaev,  46)

Zaxira: 1.Artyom Potapov, 2.Muhammadyusuf Mirqodirov, 14.Sarvar Abduhamidov, 22.Javohir Jo'raev, 20.Sardorbek Mahmudov, 

"Xorazm": 12. Sardor Kobuljanov, 8. Xazratjon Tursunqulov, 9. Jasur Azimov (5. Dilshod Jo'raev, 61), 11. Humoyunmirzo Iminov (66. Ilhomjon Alijonov, 84) 15. Vladimir Bubanya, 27. Ixtiyor Toshpo'latov, 44. Dostonbek Tursunov, 77. Sunnatulla Abdullajonov, 88. Abror Xo'sinov, 94. Rustamjon Abduhamidov, 99. Shahrom Samiev (10. Murodbek Bobojonov, 68)

Zaxira: 54. Adhamjon Musulmonov, 4. Farruhjon Ibrohimov, 6. Muhriddin Pazildinov, 7. Temurbek Ismailov, 20. Danile Ejov, 22. Sanjar Shoahmedov, 

Ogohlantirish: Behzod Shamsiev ("Surxon") 45+3,  Jamaliddin Xojniyazov ("Surxon") 87, Kirill Kolosnichenko ("Surxon") 90


MATNLI TRANSLYACIYA


YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. 

90. YO'Q. Sunnatulla Abdullajonov 11 metrlik nuqtadan noaniq zarba yo'lladi. 

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

89. PENALTI. Sunnatilla Abdullajonov Kolosnichenko tomonidan jarima maydonchasi ichida yiqitildi. 

84. O'ZGARISH. "Xorazm", Humoyunmirzo Iminov o'rniga Ilhomjon Alijonov tushdi.

81. Maydon egalaridan xavfli hujum.

78. "Surxon" posbonidan yana bir seyv. U "Xorazm" futbolchisining zarbasini ushlab qoldi.

72. "Xorazm"dan chiroyli o'ylangan hujum. Yakuniy nuqta qo'yilmadi. Mezbonlar posboni Dilshod Yo'ldoshev to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.

68. O'ZGARISH. "Xorazm", Shahrom Samiev o'rniga Murod Bobojonov tushdi.

61. O'ZGARISH. "Xorazm", Jasur Azimov o'rniga Dilshod Jo'raev tushdi.

57. ZARBA. Kolosnichenkoning zarbasini Kobuljanov ushlab oldi. Termizliklar hujumkorlikni oshirdi.

53. "Surxon" ikkinchi bo'limda kuchli pressing tashkil qilmoqda. 

46. O'ZGARISH. "Surxon" tarkibida Behzod Shamsiev o'rniga Nodirxon Nematxonov, Muhammad-Ali Abdurahmonov o'rniga Abdug'afur Haydarov, Behruz Karimov o'rniga Kirill Kolesnichenko, Sunnatulla Poyonov o'rniga Asilbek Jumaev tushdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus

45+3. OGOHLANTIRISH. "Surxon" futbolchisi Behzod Shamsievga sariq kartochka ko'rsatildi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

38. ZARBAA. Poyonov burchakdan to'g'ri "Xorazm" darvozasini nishonga olib ko'rdi. Sardor Kobuljanov zarbani qaytardi. 

37. Malumot uchun, "Xorazm" va "Surxon" Superligada 17 yildan so'ng to'qnash kelishmoqda. "Xorazm" esa 27 yildan so'ng safarda "Surxon"ni yutmoqda. 

32. GOL. "Xorazm" o'yindagi ikkinchi golni urdi. "Surxon"ga esa nimadir bo'lmoqda. Sunnatulla Abdullajonov jarima maydonchasi ichiga etib kelgan to'pni darvozaga kiritib yubordi. 

30. Kichik ustunlik "Surxon"da

25. "Xorazm" burchak zarbasini amalga oshirdi. Yo'ldoshev to'pni to'g'ri qabul qilib oldi. 

20. Mezbonlarning urinishlari hozircha o'xshayotgani yo'q.

14. Doston Tursunovning ijrosini jonli devor qaytardi. 

13. "Xorazm" qulay nuqtada jarima zarbasini ishladi. 

11. GOL. "Xorazm" avvalgi turda bo'lgani kabi uchrashuvda birinchi bo'lib hisobni ochdi. Humoyunmirzo Iminov jamoadoshidan qabul qilib olgan to'pni darvozaga aniq yo'lladi. Jarima maydonchasi ichida unga hech kim qarshilik ko'rsata olgani yo'q.

10. Mezbonlarda qanotlar yaxshi ishlamoqda. Biroq harakatlar samara keltirmayapti. 

4. "Surxon" to'pni yaxshi nazorat qilmoqda. "Xorazm" raqibini markazda qarshi olyapti. 

- O'yin boshlandi. 

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. 


Iskandarov AbdulazizMaqola muallifi
Qopqoq: Championat.asia

Izohlar

bekaka
16 mar
Ва нихоят сурхон уз майдонига кайтди
jamshid rakhmonov
16 mar
Стадиондаги барабан тўхтамас экан. Тфу! Ўйинни кўриб бўлмайди просто.
Кодир
16 mar
Вохима киганга яраша одам йуку узимизда уйнаса узимизда уйнаси деб эзворганди ман тулса керак деб уйлодим айримлао билетди нархини гапиришии мумкун текин киберсаям кирмидиган кирмиди факат игво фитна фасод килиб езса булди
Gold Manchester
16 mar
Surxon-Xorazm òyinini translatsiya qivotgan operatorlar kaypdamisanla? Xujum paytida kadr almashtiradimi? Operatorlik qilishni qattan òrgangansanla? Kamerani bir uzoq bir yaqin qilib futbol kòrgande qimayapsanla! Daji òyinni sharxlavotgan sharxlovchi xam gapirdi bir necha marta. Futbol òyinini translatsiya qilishni òrganlaring. Shunaqa bògandan keyin kim kòradi futbolni.
Санжар
16 mar
Хоразмга гап йук 0:2