

Avvalroq tur ramziy terma jamoasini e'lon qilgan edik. Endi esa ketma-ketlikda tur laureatlarini berib borayapmiz.
Video "Tezkor studiya". 5-tur yakunlari muhokamasi
Ortda qolgan 5-turning eng yaxshi darvozaboni deb "Paxtakor" a'zosi Eldorbek Suyunovni topdik. "Sherlar" Toshkent derbisida "Bunyodkor"ga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi. Hisob 1:0 bo'lib turgan paytda esa Eldorbek ikki bor mezbonlarni goldan qutqarib qoldi. Avvaliga Dilshod Ahmadaliev o'ng tomondan Suyunov qarshisida paydo bo'ldi va aniq zarba berdi, keyinroq esa Rasul Yo'ldoshevning jarima maydoni tashqarisidan bergan aniq zarbasidan so'ng chiroyli seyv guvohi bo'ldik. Bu bilan darvozabon o'yinda muvozanat tiklanishiga yo'l qo'ymadi, birinchi bo'lim oxirida esa uning sheriklari hisobni yirik ko'rinishga keltirib qo'yishdi.
Shu tariqa, bu turda ikkita chiroyli seyvi bilan raqibga hisobni tenglashtirish imkonini bermagan Eldorbek Suyunov 5-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.




