Suriya uy o'yinlarini Makaoda emas Malayziyada o'tkazadigan bo'ldi

Narzulla Saydullayev
2 sen 2016
JCH-2018 saralashi 3-bosqichida O'zbekiston bilan bir guruhdan o'rin olgan Suriya terma jamoasi o'z uy o'yinlarini qaysi mamlakatda o'tkazishi ma'lum bo'ldi.

Suriyadagi notinch vaziyat tufayli OFK terma jamoa uy o'yinlarini boshqa davlatda o'tkazishi haqida qaror qabul qilgan. Dastlab Makao varianti paydo bo'lgandi. Biroq kecha OFK Suriya o'z raqiblarini Malayziyada qabul qilishini rasman e'lon qildi.

"Nimaga Makao emas, Malayziya? Biz OFKdan bu borada xat oldik. Makaoda o'ynay olmasligimiz borasida. Shu sababdan ham Malayziya varianti tanlandi. Endi uy o'yinlarimizni o'sha yerda o'tkazamiz", - deydi Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi Ayman Al Hakim O'zbekistonga qarshi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida.

6 sentyabr kuni Suriya terma jamoasi Malayziyaning Paroi shahridagi "Tuanku Abdul Rahman Stadium" stadionida Janubiy Koreyani qabul qiladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia