"Surxon" 43 nafar sobiq futbolchi, murabbiy va xodim bilan hisob-kitob qildi

Narzulla Saydullayev
23 jul 2024
2023 yilning 6 yanvar sanasida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Surxon" futbol klubini yangi investorlarga berish yuzasidan qaror qabul qildi va mazkur qaror asosida "Surxon" xususiy klubga aylandi.

Ammo bu jarayon oson kechmadi. Sababi "Surxon" klubining qator xo'jalik yurituvchi subektlar hamda ishchi-xodimlar bilan bog'liq katta miqdorda qarzdorligi mavjud edi. Jumladan, 49 nafar futbolchi, murabbiy va boshqa ishchilar oldidagi moliyaviy majburiyatlar o'z vaqtida bajarilmagandi. Oqibatda ish Surxondaryo viloyati prokuraturasiga qadar etib bordi hamda klubning sobiq rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi.

PFL, Associaciya hamda O'zbekiston futbolchilari uyushmasi hamkorlikda o'tgan vaqt davomida futbolchi va murabbiylar manfaatlarini himoya qilib keldi. Bunda "Surxon" klubiga nisbatan qator taqiq va cheklovlar joriy etildi. Natijada bugungi kunga qadar futbol klubining tekshiruv xulosasida aniqlangan qarzdorligi bo'yicha 43 nafar futbolchi, murabbiy va ishchilar oldidagi moliyaviy majburiyatlar bajarildi. O'FA Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mita qaroridan kelib chiqib, mazkur masala 16-iyul sanasiga qadar hal etildi.

Biroq yana 6 nafar futbolchi bilan bog'liq masala ochiq qoldi. Shundan kelib chiqib, 19 iyul kuni PFL "Surxon" klubi rahbariyati, davogar futbolchilar, klubning sobiq rahbariyati manfaatlarini himoya qiluvchi vakillari, futbolchilar uyushmasi azolari ishtirokida yig'ilish o'tkazdi. Unda mazkur masala atroflicha muhokama qilindi.

Yig'ilishda Surxondaryo viloyati hokimligi hamda Jinoyat ishlari bo'yicha Termiz shahar sudining hukmiga asosan aybdor deb topilgan Surxon klubining sobiq rahbariyati 43 nafar sobiq xodimlar bilan hisob-kitob ishlarini amalga oshirgani malum bo'ldi. PFL, Associaciya hamda Uyushma Surxon futbol klubi bilan bog'liq ishni olib borishda FIFA nizomlari hamda O'zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari normalariga asoslandi. Qolgan 6 nafar futbolchi futbol klubida olib borilgan tekshiruv xulosasidan norozi ekanligini bildirdi. Endilikda ularning mazkur talabi asosida qarzdorlik miqdoriga qayta aniqlik kiritish zarurati vujudga kelmoqda.

"Surxon" klubining yangi rahbariyati o'tgan davr davomida PFL tomonidan qo'yilgan barcha talabni o'z vaqtida va aniq amalga oshirib keldi. Shunga qaramay, PFL sobiq futbolchi va murabbiylar huquqlarini himoya qilib, klubga nisbatan qator sankciyalar qo'lladi. Yuqoridagi holatga aniqlik kiritilguniga qadar ayni vaqtda PFLning Surxon futbol klubiga nisbatan etirozi mavjud emas. Yig'ilishda mazkur masala Uyushma vakillari hamda futbolchilarga rasman malum qilindi. Endilikda PFL O'FA Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasining 2024 yil 2 iyuldagi qarori ustidan "Surxon" futbol klubi tomonidan yozilgan apellyaciya shikoyatining ko'rib chiqilishida o'z munosabati bilan ishtirok etadi.


Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Qopqoq: pfl.uz

Izohlar

Agents players UZB.
23 jul 2024
Bizda Farqi yode qarzi qomadi uzdi to’ladi hammasini dib xabar chiqariworadi atak umuman berilmagan boladi pullar adolat umuman yo
Chelsea vs Nasaf
23 jul 2024
BU ERIELL BIZDAN 5 OYLIK MAOSH QARZ FUTBOLGA BALO BORMI PUL BERIB QORA MEHNATNI BIZ QILYABMIZ
Norsoatov
23 jul 2024
43 emush bu yoqda noinsof Enter Engineering (Surxon klibi bosh xomiysi) 4.5 ming ishchilarni 4 oylik oyligimi bermayaptiku yana futbol klubga balo bormi