"Surxon" Rauf Inileevni bosh murabbiy sifatida ro'yxatdan o'tkaza olmaydi

Narzulla Saydullayev
15 fev 2023
Bugun O'zbekistonda qishki transfer oynasi yopiladi.

PFLga yakuniy qaydnomani yuborish uchun klublarda juda oz vaqt qoldi.

Xabaringiz bor, yaqinda Termizning "Surxon" klubida tajribali murabbiy Rauf Inileev ish boshladi. Ammo klub Inileevni bosh murabbiy sifatida ro'yxatdan o'tkaza olmaydi. Sababi Rauf Talgatovichning UEFA Pro licenziyasi muddati bir necha yil avval yakunlangan. Endi Inileev licenziya muddatini uzaytirishi uchun UEFAga a'zo mamlakatda malaka oshirish kursida o'qishi zarur.

Xo'sh, "Surxon" kimni bosh murabbiy sifatida ro'yxatdan o'tkazarkin?


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia