Surxondaryoda Eldor Shomurodov futbol akademiyasi tashkil etiladi

Omonjon To`xtamirzayev
13 dec 2023
Viloyatimizning chekka va olis qishloqlaridagi iqtidorli yoshlarni aniqlash, futbol orqali ularning individual qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish maqsadida surxondaryolik taniqli sportchi Eldor Shomurodov futbol akademiyasini tashkil etish rejalashtirilgan.

Bugun viloyat hokimi Ulug'bek Qosimov Termiz tumanida joylashgan Futbol akademiyasi negizida Eldor Shomurodov futbol akademiyasini qurish bo'yicha ishlab chiqilgan loyiha bilan tanishdi.

Qurilish ishlari 2024 yil yanvar oyidan boshlanishi rejalashtirilgan bo'lib, 154 o'rinli akademiya loyihasida yopiq va ochiq stadionlar, yotoqxona, oshxona hamda boshqa yordamchi binolar bo'lishi ko'zda tutilgan. Tanishuv chog'ida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo'yicha yakuniy ishlarni bajarish hamda qurilishni belgilangan muddatda boshlash topshirig'i berildi.

Shuningdek, viloyat rahbari tashrif davomida futbol akademiyasida tahsil olayotgan yoshlar bilan suhbatlashib, ularning futboldagi reja va maqsadlari bilan qiziqdi.

Eslatib o'tamiz, viloyatimiz hokimining Yaponiyaga tashrifida Vanfore Kofu futbol klubi bilan Surxondaryo viloyatida futbol maktablarini rivojlantirish, akademiyalarda o'qishni tashkil qilish, o'yinchilar va trenerlar almashinuvini yo'lga qo'yish bo'yicha kelishuvlarga erishilgan edi. 





Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Qopqoq: Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Ахборот хизмати

Izohlar

Жамшид Абдусамадов
13 dec 2023
Бизда куриладиган биноларни проектини курсак сулагиз окади. Курилиб булгандан кейин эса оддий 2 йилдан кейин аварийный
каримджан султанов
13 dec 2023
...Яша Элдоржон! 72 ёшли мухлисинг Тошкент ш.
Барселона. Арсенал. Пахтакор.
13 dec 2023
Одил Жуниор дегани чикувди, натижаси куринмади. Фойдаси бормикан
Davronbek Abduvaliev
13 dec 2023
Омадини берсин.
Davronbek Abduvaliev
13 dec 2023
Омадини берсин.