Sviridov: "Futzalchilarimiz muxlislar kutayotganidan-da yaxshiroq natija ko'rsata olishadi"

Aslanov Jasurbek
15 jun 2024
O'zbekiston terma jamoasi sobiq futzalchisi Konstantin Sviridov o'zi ishtirok etgan mundial va joriy yil o'tkaziladigan Jahon chempionati haqida gapirdi.

2016-yilgi Osiyo kubogida Iroq terma jamoasini mag'lub etganimizdan so'ng Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgan edik. Bu tarixiy natija bo'lgan. Mundialdagi Gvatemalaga qarshi kechgan ilk bahsda kuchli hayajon bo'lgan edi. Balki, shu omil sabab ham mag'lub bo'lgandirmiz. Keyingi bahsga qadar esa turnir tempiga tushib oldik. Mezbon Kolumbiyaga qarshi kechgan uchrashuvda tom manoda jang qilgan edik. So'nggi soniyalarda gol o'tkazib yubordik va g'alabani qo'ldan chiqardik. 3-turdagi raqimiz hamda tarkibida Rikardinyo va Kardinal kabi futzal yulduzlari bo'lgan Portugaliya bizdan “klass” taraflama ustun kelgan edi.


Tez orada boshlanadigan Jahon chempionatida, albatta, yaxshi natija qayd etishimizni kutmoqdaman. Ayniqsa, bahslarning o'z maydonimizda o'tkazilishi bizga foyda keltirishi aniq. Taxminimcha, yigitlar eng kamida guruhdan chiqish vazifasini uddalashadi. Lekin raqiblarga mensimaslik ruhida qaramaslik lozim. Guruhdagi har bir jamoadan syurpriz kutish mumkin. O'ylaymanki futzalchilarimiz muxlislar kutayotganidan-da yaxshiroq natija ko'rsata olishadi.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Qopqoq: t.me/Futsal_Uzbekistan

Izohlar

Akbar
15 jun 2024
Keyingi safar Konstantin Sviridovni o'zini rasmini qo'yila. Bu Artur Yusupovni rasmi.