Tachmurod Agamurodov: "Natija adolatli. Bir kishi kam bo'lib o'ynash juda qiyin"

Mirjalol Normatov
16 may 2023
O'zbekiston Kubogi 2-turi doirasida "Lokomotiv"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Qizilqum" bosh murabbiyi Tachmurod Agamurodov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Jamoamizning ayni damda Superliga turnir jadvalidagi holatini, shuningdek, bugun Kubok bahsi bo'lganini inobatga olsak, kam o'yin amaliyotiga, yoshlarga etibor berishni lozim topdik. O'yin davomida o'zimiz uchun qandaydir hulosalar chiqarib oldik. Albatta, har qanday holatda - tarkibning qanday bo'lishi yoki kim o'ynashidan qati nazar natija muhim bo'lishi kerak edi. Kerak bo'lmagan joydagi qizil kartochkaning tasiri katta bo'ldi. Balki ko'p narsa futbolchining mahoratiga bog'liqdir. Shunday joyda qizil kartochka olyaptimi, demak, u bugungi o'yinga ruxan tayyor emas ekan.

- Kubokda vazifa bormi?

- Umuman olganda vazifa yo'q. Qatnashib, futbolchilarni sinab oldik, ayrim ishlanmalarni ko'rdik. Hozir bizdagi asosiy vazifa - Superliga. 

- Bugungi yakuniy natija haqida nima deysiz?

- Barchasini qizil kartochka sindirib yubordi. Qachonki jamoa kamchilik bo'lib qolsa, g'alaba qozonish imkoniyati pasayib ketadi. Natija adolatli. Kam bo'lib o'ynash, ruxiy tomonlama ham qiyin. O'tgan o'yinlar davomida ham bir qancha futbolchilarimiz qizil olishdi. Bu borada pauza bo'lmayapti. 


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

New Stone Age
17 may 2023
SABR????????
Akrom Tuychiyev
17 may 2023
Bu Agamurodovlarni olib kelishdan nima naf ekan.
Ezoza Ergasheva
17 may 2023
Инсонлар баҳонаси ҳам кўп, клуб раҳбарияти фойда бермайдигон трпнер олиб келгансизлар, скупой платит ДВАЖДЫ!
Хурмат қилсанг хурмат кўрасан!!!
17 may 2023
Бизда бошқа янги тренер йўқ. Ёш мураббийларга имконият берайлик деган гап йўқ. Фақат бир партия тренерлар айланаверади,айланаверади! Балки вақтида яхши мураббий бўлгандир,Агамуродов,лекин кўрдинг хеч нима қилолмаябсан,йиғиштириб қўй,бош мураббийликни. Маслахатчи бўлиб юравер. Хар мағлубиятдан кейин бир бахонами,оқловчи сўз борда. Командаси ютқизгану "натижа адолатли бўлди" эмиш. Ютқизавергандан юзлар без бўлиб кетган!!!
Ezoza Ergasheva
18 may 2023
Қизилқум клуби вазифаси про лига, аттанг, ашинча соҳа мутахассислари турибдию булар фамилияларга учишади
UFA bu UFA
16 may 2023
Nazarimda Qizilqumga natija emas yaxshi bohona toʻqiydigan murabbiy kerak ekan
Ajoyib Bilmasvoy
16 may 2023
Bro, faqat Qizilqummi bir kishi kam bosa yutolmidigan? Masalan Lokoni qizil olib yutgan o'yinlarini ko'p ko'rdik. Masalan, Qo'qondagi o'yin. Bahonani yig'ishtiringe. Karamsho'rva klub bu Aktamov bo'lmasa
Арсенал 14
16 may 2023
Har o'yinda qizil kartochka va penalty bo'lyaptimi, demak futbolchilarni darajasi past, yoki professional emas, havaskor o'yinchilar. Qizilqumni xor qildinglar. Hech qachon bunday ayanchli Qizilqumni ko'rmagandik.
Shovruq88
17 may 2023
Qizilqumga ohshagan komandalar ni maqsad mutasaddilarini maqsadi ...soqqani qilsih!Sekin mirabbiy olib kelinadi ....va yana almashadi.....futbolchi keladi ...shartnoma....hamma pulli joy shu yerda ....bularga supper ligada sovrinli orin kerak emas...orada uch tortta odam katta pul qilib davlatni pulini yuvib olsa boldi!!!
Темурбек Валиев
17 may 2023
.
Ko'proq ko'rsatish