Tajribali o'yinchi mavsum so'ngida "Chelsi"dan ketadi

Alisher
11 feb 2024
Londonning "Chelsi" jamoasi markaziy himoyachisi Tyago Silva mavsum so'nggida jamoadan ketadi.

Jurnalist Jeykob Shtaynbergning xabariga ko'ra, rahbariyat 39 yoshli himoyachiga yangi shartnoma taklif qilmaydi.

"Chelsi" braziliyalik futbolchiga hurmatsizlik qilishni xohlamaydi. "Aristokratlar" mavsum so'nggida Silvaning muxlislar bilan munosib xayrlashishi uchun barchasini qiladi.

Eslatib o'tamiz, Tyago "Stemford Brij"ga 2020 yilning yozida PSJdan erkin agent maqomida o'tgan edi.


AlisherMaqola muallifi
Qopqoq: twitter.com/JacobSteinberg

Izohlar

{ CHELSEA }
11 feb 2024
Oʻzi bilan Enso, Caisedo, Mudrik degan tirraqilarni ham olib ketsa yaxshi bilardi...
Olmaliq.uz
11 feb 2024
Shu yoshida Chelsiga faqat foydasi degdi
Javlon Samarqand
11 feb 2024
Кария булса хам Челсига катта қойдаси тегди
Bu shunchaki o'yin
11 feb 2024
Bitta Silva qolgandi.