Taxminiy EVRO-2016. O'rinboev, Shomurodov va "el_sardor"ga qoyil

Narzulla Saydullayev
3 iyul 2016
2016 yilgi Yevropa chempionati bahslariga atab "Taxminiy EVRO-2016" loyihasini ishga tushirgandik.

Biz ushbu musobaqani yanada qiziqarliroq qilish maqsadida 11 nafar futbolchi o'rtasida taxminiy Evro-2016 loyihasini ishga tushirishga qaror qildik.

O'zbekistonlik 11 nafar futbolchi har bir uchrashuvga o'zining taxminiy hisobini beradi. Ballar quyidagi tartibda baholanadi:
Aniq topilgan hisob - 3 ball
Aniq topilgan to'plar farqi - 2 ball
G'olib jamoa topilgan - 1 ball

Shu orqali eng ko'p ball to'plagan futbolchi loyiha g'olibi deb topiladi. Germaniya va Italiya o'rtasidagi o'yin 1:1 hisobida tugashini Zabihillo O'rinboev to'g'ri taxmin qildi. Eldor Shomurodov esa bahs durang bilan tugashini topdi. Kechagi taxminlar bilan tanishing.


Bugungi o'yin uchun taxminlar:
 

FutbolchiFransiya - Islandiya
Ikrom Aliboev0:0
Rustamjon Ashurmatov        2:0
Akromjon Komilov2:1
Javohir Sidiqov2:1
Doston Tursunov1:0
Zabihillo O'rinboev3:1
Dostonbek Hamdamov2:1
Dilshod Hamroev2:1
Eldor Shomurodov1:0
Otabek Shukurov3:0
Sarvar Karimov3:0

 

Bugungi kundagi vaziyat

Eldor Shomurodov  45
Javohir Sidiqov  41
Zabihillo O'rinboev             40
Dostonbek Hamdamov  39
Doston Tursunov 38      
Otabek Shukurov36
Dilshod Hamroev 35
Rustamjon Ashurmatov  35
Ikrom Aliboev 29
Akromjon Komilov27
Sarvar Karimov27

   


O'quvchilarimiz ham kechagi o'yin hisobini taxmin qilishdi. Ular orasida "el_sardor" nikli o'quvchimiz esa hisob 1:1 bo'lishini va penaltilar seriyasida Germaniya g'olib bo'lishini to'g'ri topgan. Ko'plab ishtirokchilar penaltilar seriyasi bo'lishini topishgan, faqat Italiya g'olib bo'ladi deb taxmin qilishgan.

Bugungi o'yin uchun ham o'z taxminlaringizni yozib qoldiring va futbolchilar bilan bellashing.



Smartfon yutishni istaysizmi, unda marhamat! Shartlar esa bu yerda >>>> TANLOV


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia