"Temiryo'lchilar" ikki futbolchisi "Buxoro" safida harakat qilmoqda

Sherzod Nurmatov
9 yanv 2023
Superligaga qaytgan "Buxoro" ayni paytda "Bunyodkor"ga qarshi o'rtoqlik bahsida o'ynamoqda.

Unda shu paytgacha "Lokomotiv"da to'p tepib kelgan yarim himoyachilar G'ulom Haydar G'ulomov va Javohir Alijonovni "Buxoro" tarkibida ko'rish mumkin.


Alijonov o'tgan mavsum Superligada 17 ta o'yinda qatnashib, 1 ta to'p kiritdi.



2020 yil yozidan boshlab "Lokomotiv" sharafini himoya qilgan va o'tgan yilning noyabrida jamoa bilan xayrlashgan G'ulomov esa o'tgan mavsum Superligada 22 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi.



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia