Ten Xag "Manchester Yunayted"dagi ilk mashg'ulotida qatnashdi

Sherzod Nurmatov
28 iyun 2022
"Manchester Evening News" Erik ten Xag boshchiligidagi jamoaning mavsumoldi yig'ini birinchi kunini yoritib bordi.

Nashr ma'lumotlariga ko'ra, ten Xag va uning shtabi vakillari Stiv Maklaren va Mitchell van der Gag ertalab soat 8 da klub qarorgohiga kelishgan. Bosh murabbiy kun davomida xodimlar va futbolchilar bilan uchrashuv o'tkazgan.

Futbolchilar tibbiy ko'rikdan o'tib, trenajyor zalida mashq qilishgan, tushdan keyin esa futbol maydonida ikki soatlik mashg'ulot olib borilgan. Mashg'ulotlarning asosiy qismi to'p bilan ishlashga bag'ishlangan.

Klubdagi manbalarning aytishicha, mashg'ulotlar boshlanishidan oldin Erik ten Xag bir necha daqiqa davomida nutq so'zlagan.

Nashr muxbirlarining xabar berishicha, mashg'ulotlarda fotograflar obektiviga tushmagan Markus Reshford ham ishtirok etgan. Mashg'ulot jarayoni 16:00 da tugagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Manchester Evening News