Terma jamoa debyutanti Diyor Xolmatov - Terma jamoaga birinchi chaqiruvi, yosh futbolchilarimizdagi hayajon, otasi bergan maslahat va Osiyo kubogidagi rejalari haqida gapirdi

Абдулвосит Бектемиров
12 jan 2024
Terma jamoamiz safidagi iqtidorli futbolchi - Diyor Xolmatov, Suriya terma jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvdan oldin saytimizga intervyu berdi

- Terma jamoaga birinchi chaqiruvingizdayoq Osiyo kubogidek katta turnirga yo'l oldingiz. Osiyo kubogi uchun yakuniy tarkib elon qilinganidan so'ng birinchi bo'lib nima haqida o'yladingiz? 

- Barcha muxlislarga salom. Osiyo kubogi men uchun oldinga tashlangan yana bir qadam. Faoliyatimda yangi bosqichga qadam qo'ydim. Turnirga tayyorgarlik ko'rishda davom etaman.

- Terma jamoaga ilk chaqiruvingiz haqida qaerdan bildingiz?

- Chaqiruv haqida bilgan vaqtim “Al-Ayn”da edim. “Paxtakor” bilan chempionlar ligasi doirasidagi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rayotgan edik. Yigitlar menga terma jamoaga chaqirilganimni aytishdi va biz juda xursand bo'ldik. 

- Otangiz (Akmal Xolmatov) Osiyo kubogiga borishingizni bilganidan so'ng siz bilan suhbatlashdimi? Balki qandaydir maslahat bergandirlar? 

- Ha, Dadam menga xar doim takrorlagan gaplarini aytdilar. Hech nimadan qo'rqmaslik, tinimsiz mehnat qilish va barchasini isbotlash. O'zimni ko'rsatish uchun imkoniyat o'z qo'limda ekanligini yana bir bor takrorladilar. Dadam men uchun katta namuna futbolda va hayotda ham.

- Sizning poziciyangizda terma jamoa safida juda katta raqobat. Ushbu turnirda Srechko Katanec sizga imkoniyat berishiga ishonasizmi?

- Bosh murabbiy meni jalb etgan bo'lsa demak u menga ishonmoqda. Men o'zim ishimni bajarishda davom etaman va o'z potencialimni isbotlashda davom etaman. So'ngi qarorni esa bosh murabbiy qabul qiladi.

- Otabek Shukurov, Sayfiev va Iskanderov kabi tajribali futbolchilar bunday katta musobaqalarda ko'p marotaba ishtirok etishgan. Ularga ushbu holatlar tanish, ammo siz va terma jamoaga jalb etilgan bir nechta yosh futbolchilarda ushbu jarayon qanday kechmoqda? Birinchi Osiyo kubogi, dastlabki mintaqaviy musobaqa. Hayajon bormi? Bosim qanchalik kuchli ekanligini his etyapsizmi?

- Hayajon bo'ladi albatta, ammo maydonga tushgan vaqtim hayajon yo'qoladi va har kuni qilib yurgan ishimni bajaraman. Maydonda harakat qilayotgan vaqtim o'zimga ishonch oshadi. Menimcha hayajon va bosim har bir insonda bor, hatto Messi va Ronalduda ham. Hayajonni his etish aksincha yaxshi.

- Ertangi uchrashuv haqida nima deya olasiz?

- Ertaga dastlabki o'yinimiz Suriya terma jamoasiga qarshi. Raqibni o'rganib chiqdik, o'zimiz ham tayyormiz. Ertaga muxlislarni xursand qilishni maqsad qilganmiz.

Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi


Абдулвосит БектемировMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Patrick Truth
12 jan 2024
Yaxshi oyinchi hozirdan shunaqa turnirlada tayyorlab borish kere. Xudo xoxlasa olimpiya saralashidayam shu bola bzaga ast qotadi. Munosib masini balo battar lishniy gap keremas Katanes ham kor emas
France_98
12 jan 2024
Асосий таркибда тушиши деярли аниқ иккита қанот ўйинчиларимиз. 1 Сайфиев ниммага бўлсаям аралашиб характеризи кўрсатишни йиғиштирин. 2 Алижонов сизга ҳам илтимос ўлвомен. Дахшат рейдларизи кўрганмиз шунақа зўр ўйин қилиб берин. Ўзиз майдонда хаёлиз қаерлардадир учиб юрмасин. Худди маши гапларими ўқишадиганде ёздима))) Хаммасига омад!
Shamsiddin Usmonov
12 jan 2024
Oʻzbekiston Suriya bilan avval necha marta oʻynagan Admin shu xaqida Xan yozing
Usmonov Umid
12 jan 2024
Эртаги интизор кутвомиз тнасиб килса худох хохласа ютамиз. Тахминим Хужимда Сергев. Канотларда Машарипов.Урунов. эркин ижодкор Файзуллаев марказда Шукуров Хамрабеков канот химояси Сайфиев Алижонов марказий химоя Хусанов Эшмуродов дарвозабон Юсупов шу аптимал таркиб
Аллаёр
13 jan 2024
Meni taxminim,otkir yusupov, Xomoyachlar:sayfiyev ashurmatov xusanov alijonov Odil hamrobekov,otabek shukurov,jamshid iskandarov Hujumdan jalol,oston,sergey, Abbos zamendayov