Terma jamoalar markazi Tailand bilan kelisha olmadi

Narzulla Saydullayev
31 mar 2017
FIFA sayti O'zbekiston milliy terma jamoasini Tailand terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi haqida ma'lumot bergan edi.

Bizga ma'lum qilishlaricha Tailand o'yinni Bangkokda o'tkazish taklifi bilan chiqqan O'FF esa Toshkentda. Shu tariqa ikki tashkilot o'rtasidagi kelishuv bekor bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, FIFA sayti ma'lumotiga ko'ra mazkur bahs 6 iyun kuni bo'lib o'tishi kerak edi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia