Teves: "Messi bilan do'stligimizdan ko'ra, dushmanligimizni yozish OAVga foydali"
Aslanov Jasurbek
13 iyun 2015
"Yuventus" hujumchisi Karlos Tevesning takidlashicha, u "Barselona" hujumchisi Lionel Messi bilan o'zlari haqidagi OAVda yozilayotgan ma'lumotlarni kulib o'qishadi.
"Dushmanlik yo'q joyda bu haqda gapirishadi. Natijada Argentina futboli jabr ko'radi. Ammo gap shundaki, bizni Messi bilan dushman qilib ko'rsatilsa gazeta shunda sotiladi. "Teves Messining do'sti" esa sotilmaydi" - deydi Messi.