Tezlashtirilgan tiklanish. "Real" etakchisi chim ustida mashg'ulotlarni boshladi

Sherzod Nurmatov
21 mar 2025
"Real" va Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Dani Karvaxal mavsum boshida tizzasidan olgan jiddiy jarohatidan tiklanib bormoqda.

Futbolchi allaqachon chimda mashg'ulotlarni boshlagan va tez orada guruh mashg'ulotlariga qo'shilishi mumkin. Oldinroq xochsimon bog'lami uzilganidan so'ng tiklanishning surati inobatga olinib, himoyachi yozgi klublar o'rtasidagi Jahon chempionatigacha safga qaytishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

"Real" Karvaxal xuddi shu ruhda ishlashda davom etsa, maydonga dastlab kutilganidan ancha ertaroq tushishiga ishonmoqda.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: 90min.com

Izohlar

Abdulaziz Jalilov
21 mar
Undan ko'ra tezlashtirilmagan holatda to'liq jarohatidan forig' bo'lsin, keyin qancha o'yinga bo'lsa tushiraversin. Baribir hozir chala tuzalish bilan o'ynab, yana bir marta shikastlanishni qabul qilib olsa, bu futboldagi faoliyatiga yakun yasalishi bilan tugashi mumkin.