Tiago Silva PSJ Loran Blan bilan shartnomani uzaytirishini istayapti

Tolibjon Qosimov
24 fev 2014
PSJ sardori Tiagu Silva yaqin vaqt ichida klub bosh murabbiy Loran Blan bilan yangi shartnoma imzolaydi, degan umidda ekanini ta'kidladi.
"Agar Blan yangi shartnomaga imzo cheksa, shuni bilishini istar edikki, jamoadagi yigitlar undan ushbu voqeani yaxshilab nishonlash uchun kechki ovqatga taklif kutishyapti. Fikrimcha, hozir tomonlar o'zaro yangi kelishuvni amalga oshirishining ayni vaqti", deya futbolchi so'zlaridan "L’Equipe" iqtibos keltirmoqda.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net